Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha “imkon boricha tezkor” tergov boshlash niyatini e’lon qildi.

Karim Xon

Karim Xon
Foto: Xalqaro jinoiy sud

Karim Xon dastlabki ma’lumotlar bilan tanishib chiqqan va tergov boshlash uchun asos borligiga ishonch hosil qilgan. “Ukrainada (2013-yildan buyon) harbiy jinoyatlar bilan birga, insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilgan deya hisoblash uchun salmoqli asos bor”, — deyiladi bayonotda. 2020-yilda prokuror ofisi Ukrainadagi vaziyat borasidagi dastlabki tergov yakunlari to‘g‘risida hisobot bergandi.

Xonning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, u o‘z ofisi yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan va “nizolashayotgan tomonlarning istalgan biri” Ukraina hududidagi yangi ehtimoliy jinoyatlarni sodir etgani bo‘yicha tergov boshlash niyatida.

Prokuror o‘z jamoasiga hozirda barcha dalillarni o‘rganishni buyurgan. Uning ta’kidlashicha, keyingi qadam sudgacha bo‘lgan palataga ruxsat so‘rovini yuborish bo‘ladi.

Ukraina Xalqaro jinoiy sudga a’zo emas, lekin avvalroq 2013-yil 21-noyabrdan buyon mamlakat hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar bo‘yicha sudning yurisdiksiyasini tan olish to‘g‘risida ikkita ariza topshirgan.

Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada “harbiy maxsus operatsiya” o‘tkazmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi jangovar harakatlar haqida xabar berib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqida ma’lumot bermayapti. Rossiya armiyasi yo‘qotishlari to‘g‘risida urushning to‘rtinchi kunida tan oldi, ammo qurbonlar sonini aytmadi va ukrainaliklarnikidan “bir necha baravar” kam ekanini ta’kidladi. Ukraina Mudofaa vazirligining 28-fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, urushda 5300 ga yaqin rossiyalik halok bo‘lgan. Ukraina o‘z harbiylari orasidagi qurbonlar soni haqida hisobot bermagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova