Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning ayoli Ra’no Ramatova Shveysariyaning Credit Suisse bankida hisob raqamiga egalik qilishi, unda million dollardan ziyod pul mablag‘i saqlanishi haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida Ra’no Ramatovaning o‘zi bilan bog‘landi.

“Daryo” muxbiri unga 2010—2015-yillarda Shveysariya bankida unga tegishli hisob raqam bo‘lgani haqida internetda tarqalgan xabarlarga izoh berishni so‘rab murojaat qilgan. Uning aytishicha, bu axborot yolg‘on bo‘lib, haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, xorijiy banklarning hech birida u yoki uning oila a’zolariga tegishli hisob raqam mavjud emas va ilgari ham bo‘lmagan. Ramatova OAVdan feyk ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘ragan.

Bundan ilgariroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va tadbirkor Alisher Usmonovning matbuot xizmatlari ham Credit Suisse bankida ularga tegishli hisob raqamlar mavjudligi borasida raddiya e’lon qilgan edi.

Bundan tashqari, Credit Suisse banki bo‘yicha materiallarni e’lon qilgan Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha tadqiqotlar markazi ularni anonim manbadan olganini ma’lum qilgan. Ayni paytda bankning o‘zi go‘yoki yo‘l qo‘yilgan noqonuniy biznes amaliyotlar haqidagi gumon va farazlarni qat’iy inkor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka oid tadqiqotlar markazi (OOCRP) hamda 39 ta mamlakatdan, jami 48 ta ommaviy axborot vositasida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar #SuisseSecrets (“Credit Suisse sirlari”) surishtiruvini e’lon qildi. Credit Suisse bankida O‘zbekistondagi mashhur shifokorlardan biri, akusher-ginekolog Saodat Narziyevaning ismi-sharifi ham keltirilgan edi. Uning hisob raqamidagi mablag‘lar 1 milliard 855 million Shveysariya franki (2 milliard 22 million dollar)ga yetgani qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi
Mahalliy
Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi
Mahalliy
Quyi Chirchiqdagi bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlangani aytilmoqda