Uzbekistan Airways 2022-yil 1-fevraldan boshlab Express’ning to‘liq ekonom formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasini oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bagaj normasi 23 kilogramm/158 santimetrgacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat’i nazar) oshiriladi. Avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kilogramm/158 santimetr edi.
Ushbu qatnovlarda qo‘l yuki normasi o‘zgarmaydi — 5 kilogramm/115 santimetrgacha qoladi.