Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Matchonova koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanib, sog‘ayganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Rayhon G‘aniyevani ham omikron chetlab o‘tmadi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda o‘g‘li Abdulqodirning ilk qadamlarini kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.

Umida Mirhamidova marhum xonanda Aziza Niyozmetovani xotirladi. Xonanda hayot bo‘lganida 27-yanvar kuni 50 yoshni qarshi olgan bo‘lardi.

Foto: Instagram

Sevinch Mo‘minova Sardor Mamadaliyevning “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tayotgan konsertida chiqish qilmoqda. Xonanda uchun Toshkentdagi mashhur stilist tomonidan yangicha obraz yaratildi.

Foto: Instagram

Aktrisa Barchin G‘ofurova 9 yillik sevgilisi bilan ajrashishiga sabab bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi.

“Bravo” kulgi jamoasi vakillari Otabek Mirzaxolov va Shahlo Zoirova o‘z farzandlari bilan yangi videorolikda suratga tushdi.

Foto: Instagram

Ayni vaqtda Turkiyada davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyevaning qaynonasi vafot etdi.

Sobiq “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyev rafiqasi Kamola bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, u bilan yarashganini tasdiqladi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva avtomobilini boshdan oyoq “kiyintirdi”. U kuzatuvchilariga turmush o‘rtog‘i tomonidan sovg‘a qilingan avtomobiliga qanday aksessuarlar sotib olganini ko‘rsatdi.

Aktrisa Asal Shodiyeva “Ikki o‘g‘lingiz bormi?”, degan savolga “Menda uchta o‘g‘il. Katta o‘g‘lim 36 yoshda, uni qaynonamdan asrab olganman”, deya javob berdi.

Foto: Instagram

Maryam Tillayeva kuzatuvchilariga “Qayerda yashaganim yaxshi?”, degan savol bilan murojaat qildi. Javob variantlarida Los-Anjeles, Toshkent, Moskva va Madrid shaharlari bor edi. Maryam Tillayeva Toshkent javobini belgilagan kuzatuvchilariga “O‘zbekiston juda chiroyli, ammo men u yerda Imondan boshqa hech kim bilan yaqindan gaplashmayman”, deya javob berdi. Maryamning aytishicha, u anchadan beri Ispaniya poytaxtida yashab ko‘rishni orzu qiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, uch kun Istanbulda qolib ketgan Maryam nihoyat Toshkent shahriga yetib keldi hamda quvonchini folloverlari bilan bo‘lishdi.

Aktrisa Feruza Normatova Toshkentdan uchinchi uyini sotib oldi. U navbatdagi ikki xonali uyini Sirdaryoda yashaydigan ota-onasiga sovg‘a qildi.