IT Park joriy yilning fevral oyida boshlanadigan Course in Information Technology (Foundation) maxsus tayyorlov kursi uchun to‘plam ochmoqda.

Ta’lim dasturi Google, Intel, IBM, Yel universiteti va Johns Hopkins universiteti kabi yetakchi xalqaro kompaniyalar va universitetlarning dasturlash, matematika, akademik ingliz tili va loyihalarni boshqarish bo‘yicha yaxshi kurslarini o‘z ichiga oladi. Kurslarni tugatgandan so‘ng talabalar IT Park va Coursera sertifikatlari bilan taqdirlanishadi.

Maxsus kurs dasturiga nimalar kiradi?

Ushbu dastur mamlakatning keng aholisiga sifatli va hamyonbop IT ta’limni taqdim etishga qaratilgan. Ushbu loyiha IT Park tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Coursera kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va quyidagi kurslarni o‘z ichiga oladi:

  • Introduction to Computer Programming;
  • Computer Science;
  • Programming for Everybody (Getting Started with Python);
  • Using Python to Access Web Data;
  • Using Databases with Python;
  • Academic English.

Bundan tashqari, talabalar axborot texnologiyalarning qaysi yo‘nalishi ularga ma’qul bo‘lishini yanada yaxshi tushunishi uchun biznes va tadbirkorlik asoslarini, turli dasturlash tillarini o‘rganishadi.

Dasturning davomiyligi 6 oy. Maxsus kurs ikki bosqichga bo‘lingan, har biri 12 hafta. Kurs onlayn tarzda olib boriladi, ingliz tilidan akademik darslar esa hududiy IT markazlarida olib boriladi.

Ushbu dasturni tugatgandan so‘ng talabalar IT kompaniyalari va universitetlarining yetakchi mutaxassislari rahbarligida IT sohasini o‘rganish va zarur ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Chunki Coursera bilan hamkorlik IT Park’ga University of London, Google, University of Michigan va boshqalar kabi 250 dan ortiq yetakchi xalqaro kompaniyalar va universitetlardan yaxshi ta’lim dasturlarini taqdim etish imkonini beradi.

Kursga yozilish uchun nima qilish kerak?

Dastur to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun talab qilinadigan ingliz tilini bilishning minimal darajasi — Elementary.

Maxsus kursga yozilish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingiz kerak: http://apply.itpu.uz/.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 10-fevral.

Eslatma

Maxsus kursning davomiyligi — 6 oy, oylik narxi esa 1 100 000 so‘m. To‘lov bir vaqtning o‘zida yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin: o‘qishning boshida va maxsus kursning birinchi bosqichi tugagandan so‘ng.

Murojaat uchun:

Telefon: +99855 503 99 99

E-mail: itpu@it-park.uz

Qong‘iroqlar dushanbadan — jumagacha, 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Reklama huquqi asosida.