Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yaqiniga olib kelingan harbiy texnikalardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videodan aynan qanday texnika yonayotganini ko‘rish imkonsiz. Atrofda yong‘inni o‘chirish uchun harakat qilib yurgan odamlarni ko‘rish mumkin.

Video yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi.