Prezident qaroriga muvofiq, Aktam Muhammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazir matbuot kotibi xabar qildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Aktam Muhammadiyev 1977-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy — 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2001-yilda Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan tayinlovga qadar Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.