Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida kamida 61 kishi vafot etgan. Bu haqda Habertürk telekanali xabar berdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Nashr ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki haftada respublikaning 17 shahrida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari kuzatilgan. Eng ko‘p qurbonlar Istanbulda qayd etilgan bo‘lib, so‘nggi 10 kun ichida 30 kishi ushbu sabab ortidan vafot etgan.

Turkiya politsiyasi mamlakat shimolida sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishda gumon qilingan besh nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

Avvalroq Turkiyada ovqatdan zaharlanish natijasida 730 dan ziyod harbiy xizmatchi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Peruda 52 kishi oziq-ovqatdan zaharlangan, ulardan 10 nafari vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda