Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Metall gubka har bir oshxona uchun kerak bo‘lgan narsadir. Axir kuygan kastryulkalar va idishlarni tozalash uchun undan yaxshiroq narsa yo‘q. Ammo undan oshxonadan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Idish yoki boshqa buyumlarni yuvishda rakovina quvuriga turli xil mayda chiqindilar kirib ketmasligi uchun metall gubka yordamga keladi. U o‘zidan suvni o‘tkazib, ovqat qoldiqlarini tutib qoladi va quvurlar tiqilib qolishining oldini oladi. Lekin metall gubkadan foydalanib bo‘lgach, uni olib tashlash zarur. Aks holda u zanglashi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zi hollarda tozalash uchun metall gubka qulayroqdir, chunki u dumaloq stol oyoqlari yoki eshikning burchaklari kabi qiyin bo‘lgan joylar uchun ko‘proq mos keladi. Eski bo‘yoqni olib tashlash yoki gipsli sirtni tekislash uchun har qanday obyektni bo‘yashdan oldin undan foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Uyda sichqonlar bormi? Ular chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday yoriq va teshiklarni yaxshilab tekshirib ko‘rish zarur. Agar bu kabi teshiklar kabel o‘tadigan joylarda yoki eshik ramkalari atrofida bo‘lsa, ularni metall gubka bilan berkitish mumkin. Sichqonlar ushbu himoyadan o‘tolmaydi, chunki ular metallni kemira olmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Kichkina metall gubka avtomobil cho‘tkasi bilan ishlashdan ko‘ra ancha qulay. Avtomobil shampuni bilan birga u kir, yoqilg‘i moyi va zangni osonlikcha tozalaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Qaychini o‘tkirlashda nafaqat folga, balki metall gubka ham yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Zanglagan jihozlarni bo‘yash uchun avval zangini ketkazish zarur. Bu borada metall gubka qo‘l keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Rangli bo‘rlar hamda poyabzallar qoldiradigan qora chiziqlarni metall gubka darhol bartaraf etadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Och rangdagi oyoq kiyimlarni tozalashda melanin gubkalardan ham ko‘ra ko‘proq metall gubkalar yordam beradi. Albatta, sinab ko‘ring.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi