ERIELL guruhi tomonidan Enter Engineering bilan hamkorlikda, poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi “Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko‘mak berish jamiyati a’zolari uchun xayriya aksiyasi tashkil etildi.

20 yildan ortiq vaqt ilgari, 3-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasida Xalqaro nogironlar kuni ta’sis etilgan edi. Ushbu kun imkoniyati cheklangan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish uchun yana bir imkoniyat, shuningdek, nogironlar muammolaridan xabardorlik darajasini oshirish, barcha uchun ochiq bo‘lgan inklyuziv jamiyat afzalliklariga e’tibor qaratishning yana bir usuli bo‘ldi.

ERIELL va Enter Engineering o‘z faoliyati davomida muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish bilan bog‘liq ishlarga hech qachon chetdan qarab turmaydi, ularga doimo munosib javob qaytaradi. Kompaniyalar “Mehribonlik” jamiyati a’zolariga beg‘araz yordam ko‘rsatib, ularni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Jamiyat a’zolarining sog‘ligi zaif, tegishincha ularning iqtisodiy imkoniyatlari ham nogironligi yo‘q insonlarga nisbatan kamroq. Bu ko‘pincha ular foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlar yo‘qligi bilan bog‘liq. Shu sabab ular kundalik hayotda ko‘plab to‘siqlarga duch kelishiga to‘g‘ri keladi.

Yakkasaroy tumani Ijtimoiy ko‘mak berish jamiyatida turli nogironlik guruhlariga ega 79 nafar kishi ro‘yxatda turadi. Uzoq yillar davomida to‘shakka mixlanib qolib, tashqi dunyo bilan qisman bo‘lsa ham aloqa qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar ham bor. Ularning orasida mehnat fronti faxriylari, Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etish chog‘ida jabr ko‘rganlar, shuningdek, tug‘ma nuqsoni bor bolalar va kam ta’minlangan oilalar ham bor.

ERIELL va Enter Engineering kompaniyalari vakillari Humo Arena muz saroyiga Yakkasaroy tumanidagi “Mehribonlik” jamiyati a’zolarini yig‘ib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari, ko‘rpa-to‘shak, sochiq va boshqa zarur iste’mol tovarlarini taqdim etishdi. Kompaniyalar xodimlari mehmonlar bilan suhbatlashishdi va ularga tashrif uchun minnatdorlik izhor qilishdi.

“Mehribonlik” nogironlarga ijtimoiy ko‘mak berish jamiyatining Yakkasaroy bo‘limi rahbari Zulfiya Yoqubova tashkilotning barcha a’zolari nomidan minnatdorlik izhor qildi:

Birinchi navbatda, Enter Engineering va ERIELL kompaniyalari, ularning rahbarlari va xodimlariga jamiyatimiz a’zolariga ko‘rsatilgan mehr-shafqat, yordam va e’tibor uchun cheksiz minnatdorlik izhor qilmoqchiman. Bizning tashkilotimiz 1992-yilda tashkil topgan bo‘lib, shu vaqtdan boshlab nogironlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ularning manfaatlarini huquqiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlash, o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashtirish shular jumlasidan. Bir so‘z bilan aytganda, biz jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni jamiyatga integratsiya qilish bilan shug‘ullanamiz. Bugungi xayriya aksiyasi ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan juda katta yordam bo‘ldi. Bunday tadbirlar qalbimizda nafaqat tashkilotchilarga minnatdorchilik hissi, balki ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini ham uyg‘otadi. Faol ravishda xayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ERIELL va Enter Engineering singari kompaniyalar tufayli biz yolg‘iz emasligimiz, jamiyat va hamyurtlarimizga kerakligimizga ishonch hosil qilamiz”.

Jamiyatning barcha a’zolari nomidan yordamingiz uchun ulkan minnatdorlik izhor qilaman. Imkoniyati cheklanganlarning aksariyati ko‘pchilik foydalanadigan oddiy ne’matlardan ham bebahra. Shuning uchun bugungi kun biz uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Bunday vaziyatlarda biz yolg‘iz emasligimiz va ERIELL hamda Enter Engineering’ga doimo suyanishimiz mumkinligiga ishonch hosil qilamiz”, — dedi jamiyat a’zolaridan biri Svetlana Saidzade Saadi.

Shu kuni ERIELL va Enter Engineering xodimlari jamiyatning nogironligi sabab to‘shakka mixlanib qolgan a’zolarining holidan xabar oldi. Ularga ham sovg‘alar taqdim etildi.

Ezgu ishlarni amalga oshirish juda oson. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish orqali biz inson o‘zi g‘ami ichida yolg‘iz qolib ketmaganini namoyish qilamiz. Zero, har birimiz atrofimizdagilar hayotini ozgina bo‘lsa ham baxtliroq qilishga hissa qo‘shishga qodirmiz.

Reklama huquqi asosida.