2021-yilgi Butunjahon yurak kuni munosabati bilan Huawei bugun insult va yurak salomatligi bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti natijalarini e’lon qildi. Bu tadqiqot dunyoning ikki yetakchi instituti — Buyuk Britaniyadagi Liverpul universiteti va Xitoyning 301-gospitali bilan hamkorligi natijasida amalga oshirildi.

Mazkur loyihalar Huawei kompaniyasining yurak salomatligi va insult sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish maqsadiga sodiqligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan texnologiyalar kasallikning datlabki bosqichida nihoyatda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ular, shuningdek, yurak xastaliklari bilan yashayotgan va insultdan himoyalanmagan millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan surunkali kasalliklarni uyda davolash konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei tebranma aritmiya va insultni yanada tadqiq qilish madsadida Liverpul universiteti bilan hamkorlik qildi. Tadqiqotchilar tebranma aritmiyani kuzatish uchun Huawei Band 6 bilakuzuk yordamida insultdan keyingi bemorlarning sog‘lig‘ini o‘rganishdi. Liverpul universitetining insultni o‘rganishga ko‘maklashuvchi ilovasidan foydalanib, Huawei qurilmalari yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi, uyqu apnoesi yoki yurish tezligi insult xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatishi mumkin.

Buyuk Britaniyadagi Liverpul universiteti qoshidagi Liverpul yurak-qon tomir fanlari markazining professori, yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi va qon tomir bo‘yicha jahondagi asosiy mutaxassislardan biri Gregori Lip shunday dedi:

“Yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi insult, yurak yetishmovchiligi va aqliy zaiflikning yuqori xavfidan darak berishi mumkin bo‘lgan, eng keng tarqalgan yurak ritmi kasalligidir. Biz “aqlli” kiyimlardan foydalanib, insultdan keyin odamlarda ritm buzilishini aniqlashga yordam beradigan ushbu qo‘shma loyihadan hayajondamiz. Huawei bilan hamkorligimiz tufayli biz xavf yuqori bo‘lgan guruhlarni monitoring qilishni qanday yaxshilash mumkinligini ko‘rib chiqamiz”.

Liverpul universiteti bilan olib borilgan yangi tadqiqotlar bilan bir qatorda, Huawei’ning avvalgi yurak tadqiqotlari ham jahon miqyosidagi e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. 2018-yilda Huawei’ning yurak salomatligi masalalari bo‘yicha tadqiqot guruhi 301-gospitalning kardiologlari bilan hamkorlikda yurak tadqiqini boshladi. Bu yil Huawei kompaniyasining yurak sohasidagi beshta tadqiqoti 2021-yilgi Yevropa kardiologiya jamiyati (ESC) yillik onlayn konferensiyasida taqdim etildi. Natijalar mobil va taqiladigan texnologiyalarning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi monitoring va davolash uchun surunkali yurak-qon tomir kasalliklarini uyda davolashda qo‘l kelishi mumkin.

Nashr etilgan tadqiqot natijalari Huawei qurilmalari va yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasini boshqarish platformasi mAFA (yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasini davolash uchun mobil dastur) ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, u yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi skriningini yaxshilash va bemorni kompleks boshqarish uchun “aqlli texnologiyalar”dan foydalanadi.

HuaweiBand 6 endi O‘zbekistonda. Uni Elmakon, Radius, Mediapark do‘konlarining barcha filiallarida, shuningdek, Olcha, AsaxiySP Phone va Zoodmall onlayn do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.