1-dekabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

“Qo‘yliq–7” metro bekatida o‘z manziliga eltuvchi poyezdni kutib turgan otaxon.

“Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Moskvada 28-noyabr kuni 72 yoshida vafot etgan Rossiya xalq artisti Aleksandr Gradskiy bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda: Marhumni so‘nggi manzilga kuzatish marosimiga kelgan qo‘shiqchi Grigoriy Leps.

Foto: “TASS”

Gamburgdagi “Miniatyura mo‘jizalari” muzeyida Rio-de-Janeyro maketi bo‘lgan yangi eksponat keltirildi.

Foto: Getty Images

“Do‘stlik” metrosida navbatdagi bekatga jo‘nab ketayotgan poyezd hamda narigi yo‘lga o‘tayotgan yo‘lovchilar.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Jakartada Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni doirasidagi aksiya bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Metroda qo‘ltiqtayog‘ini suyab ketayotgan kishi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Katmanduda quyosh botishi.

Foto: EPA

Germaniyaning Brandenburg shahrida muzdan yasalgan haykallar ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Metroda onasining ko‘ksiga bosh qo‘yib uxlab ketayotgan chaqaloq.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Avstraliyaning Kvinslend shtatida suv toshqini.

Foto: EPA

Gonkongda Avstraliyaning Kvinslend shahridagi Motorexpo xalqaro avtosalonlari ochildi.

Foto: EPA

Sandro Bottichellining “G‘amgin odam” kartinasi Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida sotuvga qo‘yildi.

Foto: EPA

Berlindagi Rojdestvo yoritgichlari.

Foto: Getty Images

Moskva tarixiy muzeyida “Rossiya imperiyasi” ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA

Nyu-Dehlidagi havo ifloslanishi 2015-yildan beri eng yomon darajaga ko‘tarildi.

Foto: EPA

Dehlida sog‘liqni saqlash xodimi poyezd stansiyasida koronavirus tahlili uchun sayohatchidan namuna olmoqda.

Foto: AFP

Iroqning Najaf shahridagi sement zavodida o‘choq quvuri yonidagi ishchi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning La-Palma orolidagi kul bilan qoplangan uy yonida yoriq paydo bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Vatikanda Rim Papasining haftalik audins vaqtida turgan Shveysariya gvardiyasi.

Foto: Reuters

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni qamrab olgan va Fijining turizmga yo‘naltirilgan iqtisodiyotini vayron qilganidan beri mamlakat birinchi marta xalqaro sayohatchilar uchun o‘z chegaralarini ochdi. Suratda: An’anaviy kiyimdagi erkaklar ilk bor mamlakatga kelgan sayyohlarni kutib olmoqda.

Foto: AFP

Islandiyaning Kirkjufell tog‘i yaqinidagi shimol yog‘dusini suratga olayotgan fotosuratchi. Tog‘ mashhur “Taxtlar o‘yini” filmini suratga olish maskanlaridan biri bo‘lgan.

Foto: PA

Tailanddagi Form of Feeling Flower Market ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan ayol.

Foto: Reuters