So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    “Men do‘zaxning barcha olovlarini bosib o‘tdim”: O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)

    21.11.2021, 21:47 72843

    2021-yil 19-noyabr kuni Hindistonning eng go‘zal aktrisalaridan biri Zinat Aman 70 yoshga to‘ldi.

    Foto: “kleo.ru”

    Foto: “kleo.ru”

    Bollivudning betakror aktrisasi Zinat Amanning karyerasi o‘tgan asrning 70-80-yillariga kelib gullab-yashnagan. Aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Ali bobo va 40 qaroqchi” filmi orqali tanish. Zinat go‘zallik tanlovlaridagi ishtirokidan so‘ng suratga tushishni boshlagan va o‘zining mahorati bilan Osiyoni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan Hindistonning birinchi vakillaridan biri hisoblanadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Zinat suratga tushgan dastlabki ikki film muvaffaqiyatsizlikka uchradi, uchinchisi esa aktrisaga bir vaqtning o‘zida bir nechta mukofotlarni olib keldi. Shundan so‘ng aktrisaga rejissorlardan birin-ketin takliflar tushgan. Zinat Aman atrofida unga oshiq bo‘lgan insonlar ko‘paya boshladi, u esa Sanjay Xonga ko‘ngil qo‘ydi. O‘sha vaqtda Xonning oilasi va farzandlari bor edi. Ammo u ham go‘zal aktrisadan ko‘ngil uzolmay ikkinchi xotinlikni taklif qilgan. Ajablanarlisi shundaki, aktrisa bunga rozi bo‘lgandi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Katta oilada ahil yashash Zinat uchun oson bo‘lmadi. Rejissorning birinchi rafiqasi juda rashkchi bo‘lib, Zinatni hamisha g‘azablantirishga harakat qilardi. Sevgi uchburchagidagi mojaro bora-bora omma oldida avjiga chiqdi. Hattoki ijtimoiy tadbirda aktrisaning turmush o‘rtog‘i va uning birinchi xotini uning yuziga ketma-ket tarsaki tushirishgacha bordi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Zarbalarning kuchliligidan aktrisa shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Hatto u ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotishi mumkin edi, shuning uchun jarrohlik amaliyoti talab qilindi. Zinat tuzalayotgan vaqtda, Sanjay matbuotga o‘z harakati sabablarini tushuntirib berdi va aktrisani rashkchi hamda bevafolikda aybladi.

    Natijada har kim yana o‘z yo‘lida yurishda davom etdi. Aktrisaga o‘ziga kelishi va yangi munosabatlarni boshlashi uchun 4 yil kerak bo‘ldi.Ikkinchi turmush o‘rtog‘i o‘zining hamkasbi Majar Xon bo‘lib, uning ham oilasi bor edi. Lekin oshiq yigit Zinat uchun oilasi bilan ajrashdi va aktrisaga turmush qurish taklifini bildirdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ular ikki o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lsa-da, doimiy kelishmovchiliklar va rashk oila mustahkamligiga putur yetkaza boshladi. U ham xotiniga ishonmagan va tinimsiz kaltaklagan. Ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat rashk qilgan, balki aktrisaning kasbiy muvaffaqiyatiga ham hasad qilgan. Chunki u ikki farzandning onasi bo‘lishiga qaramay hali ham eng talabgir va mashhur aktrisa edi. Eri esa uning shon-shuhratiga chiday olmagan.

    12 yillik nikohdan keyin ularning oilasi buzildi. Ajrimdan ko‘p o‘tmay Majar vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, unga buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Dastlab katta o‘g‘li va turmush o‘rtog‘ining qarindoshlari uning o‘limida aktrisani aybladi. Kenja o‘g‘li otasining suratlari bilan xonani to‘ldirib, bo‘sh vaqtini yolg‘iz o‘zi o‘sha yerda o‘tkazdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Aktrisaning onasi qizi haqida qayg‘urib, bunday muvaffaqiyatsizlik va janjallarga chiday olmay, olamdan o‘tdi. Bir necha yil o‘tgach, yolg‘iz qolgan Zinat boshidan o‘tgan kunlarga “Men do‘zaxning barcha olovlarini bosib o‘tdim”, deya ta’rif berdi. Afsuski, go‘zallik ham, mashhurlik ham insonga oddiy baxtni bera olmadi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Aktrisa vaqt o‘tishi bilan asta-sekin o‘ziga keldi. Farzandlari bilan oradagi munosabatlar tiklandi. Uning kenja o‘g‘li Zaxan Xon shunchaki ijodkor odam emas. Oddiy musiqachi yoki gitarachi ham emas. Butun koinot u bilan yashaydi! U suratga olishni yaxshi ko‘radi va uning asarlari ma’noga to‘la. Hayvonlarni va dengizni yaxshi ko‘radi. Lekin hamma narsadan ko‘ra ko‘proq onasini sevadi. Katta o‘g‘li Azan ham san’at odami, u rejissorlik kasbini tanlagan. U ukasidan farqli o‘laroq omma oldida tez-tez ko‘rinish berishni yoqtirmaydi. Zinat Aman 70 yoshni qarshi olganiga qaramay, hamon Bollivud filmlarida rol ijro etmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Dastlab boshqa aktyorlar o‘ynashi kerak bo‘lgan hind kinosidagi mashhur personajlar (foto)
    • Zita-Gita, Fotima va Bobbi: mashhur Bollivud aktrisalarining hayoti qanday kechdi? (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.