Hafta davomida olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
20-noyabr kuni Toshkentda kun botish chog‘ida osmon turli ranglarda jilolandi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mavzuga doir: Kuzda Toshkentni qoplayotgan birinchi qor — suratlarda
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida qo‘ylarini yetaklab yurgan cho‘pon.
Foto: Jamshid Norqobilov
Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasidagi ikki qavatli uylar oldida qurilayotgan yangi bolalar maydonchasi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mavzuga doir: “Toshkent traktor zavodi” o‘rnida sayilgoh quriladi
Falastin yoshlari Al-Shati qochqinlar lagerida parkur bilan shug‘ullanadi. G‘azoda yashovchi ko‘plab yoshlar uchun qamal ostida yashagan yillar ularni tashqi dunyodan uzib qo‘yganligi sababli yoshlar orasida ruhiy salomatlik muammolari ko‘payib ketgan. Ularning ko‘pchiligi kundalik hayotdagi bosimni yengillashtirish uchun sport va boshqa ko‘ngilochar tadbirlarga murojaat qilishadi.
Foto: Getty Images
Falastinlik yoshlar Al Shejaya hududida odamlar oldida olovli namoyish uyushtirmoqda.
Foto: Getty Images
Qizg‘ish tusga kirgan oyning qisman tutilishi Vashington yodgorligi tepasida ko‘rinmoqda.
Foto: Reuters
Belarus va Polsha chegarasidagi Kuznitsa nazorat punktidagi migrant bolalar. Polsha hukumati mulozimining aytishicha, Polsha sharqiy chegarasining Belarus tomonida lagerda joylashgan muhojirlar avtobusda olib ketilmoqda, bu keskinlikni yumshatishi mumkin.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: “O‘tgan qirq yil davomida katta davlatlar ham Afg‘onistondagi vaziyatni to‘g‘rilay olmadi” – Abdulaziz Komilov
Melburndagi Ian Potter markazida Fashion X Art ko‘rgazmasida Jaton dizaynini namoyish etayotgan model.
Getty Images
Avstraliyaning Sidney shahri markazidagi bog‘da interaktiv san’at installyatsiyasi orasida yurgan juftlik.
Foto: Reuters
Toshkentda yo‘nalishli taksida o‘z manziliga ketayotgan yo‘lovchilar.
Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov
Kobuldagi Chaman-e-Hozori bog‘ida do‘stlari bilan kriket o‘ynab navbatdagi ochkoni nishonlayotgan bola.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov: “Afg‘on muammosi yukini mintaqa davlatlari, ayniqsa, eng yaqin qo‘shnilar yelkasiga yuklamaslik kerak”
Britaniya shahzodasi Charlz va Kornuol gersoginyasi Kamilla Qohira tashqarisidagi Sfinks oldida suratga tushmoqda.
Foto: Reuters
“Alisher Navoiy” metro bekatining peshtoqini suratga olayotgan sayyoh.
Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov
Umumiy saylovlar oldidan Chili hukumatiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan kishi. Chiliga diktatura davridagi konstitutsiyadan qutulishga imkon bergan katta norozilik namoyishlaridan ikki yil o‘tib, 2021-yil 21-noyabrda saylovlar bo‘lib o‘tadi, unda yangi prezident o‘zgaruvchan siyosiy manzarada o‘z lavozimini egallaydi.
Foto: AFP
Janubiy koreyalik sportchi Cha Chjongvan Tokiodagi figurali uchish bo‘yicha Gran-prida ishtirok etmoqda.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Otaturkning po‘lat haykali, 30 dollarga sotilgan san’at asari, lyuks xonada dam olayotgan kurkalar. 19-noyabr suratlari
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- “Tolibon” harbiy paradi, yuk mashinalarining 30 kilometrlik tirbandligi, migrantlarning ag‘darilgan kemasi. 15-noyabr suratlari
- Toshkentdagi xazonrezgilik, havodagi yoga, dengizdagi shaxmat o‘yini. 12-noyabr suratlari
- “Bavariya” formasini olgan Aripov, ochlik e’lon qilgan toshkentlik ota, start berilgan karnavallar mavsumi. 11-noyabr suratlari