O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 19-noyabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
AQSh prezidenti Jo Bayden an’anaga ko‘ra Shukronalik kuni munosabati bilan afv etadigan ikki kurka.
Foto: Getty Images
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari, 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etgan Alisher Qodirov surati aks etgan gazeta varag‘iga o‘ralgan uzum shodalari.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Amerikaning Kanzas-Siti shahri aholisi so‘nggi 500 yildagi eng uzun oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Toshkent shahridagi do‘konlardan birida xarid bilan mashg‘ul onasiga hamroh bo‘lgan bolakay.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Bo‘sh yerlarga daraxt ekish uchun joy hozirlayotgan ishchilar. Toshkent, “Katta Qozirabod” mahallasi
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Bolgariyaning Varna shahri ko‘chalarida yurgan mushuk. U ta’mirlanayotgan binoning hali bo‘yog‘i qurishga ulgurmagan polida uxlab qolgani uchun tusiga o‘zgarish kirgan.
Foto: Getty Images
Dunyodagi eng baland radioeshittirish minorasi bo‘lgan Tokiodagi Skytree yonida ko‘rinib turgan qisman tutilgan oy.
Foto: Reuters
Pokistonda sikhizm asoschisi Guru Nanak Devning tavallud kunida muqaddas sarovar (hovuz) yonida o‘tirgan sikh ziyoratchisi.
Foto: AFP
London janubi-sharqidagi Beksleyxit shahridagi uy yong‘inida ikki bola va ikki ayol halok bo‘lgan voqea joyiga yetib kelgan politsiya.
Foto: PA
Mavzuga doir: Farg‘onada ota va bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
Londondagi Agnev galereyasida Albrext Dyurerning ilgari noma‘lum bo‘lgan “Madonna va chaqaloq” surati namoyish etildi. Surat 5 yil oldin AQShdagi sotuvda reproduktsiya sifatida 30 dollarga sotib olingan edi.
Foto: “TASS”
Uxanda 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 600 mingdan ortiq bola COVID-19 vaksinasining birinchi dozasini oldi.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: O‘zbekistonda vaksina olmagan xodimlarni ishdan chetlashtirish tartibi haqida ma’lumot berildi
Toshkentning Chilonzor tumani Katta Qani ko‘chasidagi devorga @inkuzart nomi bilan faoliyat yuritadigan ko‘cha rassomi O‘zbekistonda benzin narxi oshishiga atab strit-art chizdi. Biroq bu rasm ko‘p o‘tmay noma’lum shaxslar tomonidan o‘chirib tashlandi.
Foto: Telegram / @inkuzart
Bursadagi po‘lat ustaxona egasi Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning po‘lat haykaliga ishlov bermoqda.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- “Tolibon” harbiy paradi, yuk mashinalarining 30 kilometrlik tirbandligi, migrantlarning ag‘darilgan kemasi. 15-noyabr suratlari
- Toshkentdagi xazonrezgilik, havodagi yoga, dengizdagi shaxmat o‘yini. 12-noyabr suratlari
- “Bavariya” formasini olgan Aripov, ochlik e’lon qilgan toshkentlik ota, start berilgan karnavallar mavsumi. 11-noyabr suratlari
- Saddam Husayn saroyi, Moskvada yig‘ilgan kommunistlar, ot ustidagi kutubxona. Hafta suratlari