Markaziy bank 12-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,74 so‘mga ko‘tarilib, 10 732,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 104,03 so‘mga pastlab, 12 302,14 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 35,21 so‘mga ko‘tarilib, 10 715,30 so‘mni tashkil qilgandi. Respublikada ushbu valyutaning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun ko‘tarildi.
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida esa 11-noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 770 so‘mga qadar ko‘tarildi.