11-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder o‘z Instagram sahifasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tushgan suratini e’lon qildi. Suratda germaniyalik mansabdor Aripovga Myunxenning “Bavariya” futbol klubi libosini taqdim etayotgani tasvirlangan.

Foto: Instagram / Markus Zyoder

Kyolnda karnavalchilar bayram qilishmoqda. Nemis karnavali har yili 11-noyabr kuni soat 11:11 da boshlanadi va festival tadbirlari keyingi yilning “Kulli chorshanba” kuniga qadar davom etadi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri Gulobod ko‘chasida ota bolalari undan uyni tortib olishmoqchiligi sabab ochlik e’lon qildi.

Foto: Twitter / @shoakmal

Moskvaning “Solntsevo” deposida metro vagonlarini dezinfeksiya qilish jarayoni.

Foto: “TASS”

Navoiy shahri, “Yangi hayot” savdo markazi oldidagi avtomobillar turargohi

Foto: “Daryo” / Ma'rufjon Ochilov

Turkiyaning Chanakkale shahridagi Birinchi jahon urushi janglari bo‘lib o‘tgan Gelibolu tarixiy suvosti parki.

Foto: Getty Images

Yunusobod hokimligi binosi hovlisida hokimlik xodimlari badantarbiya bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: Yunusobod tumani hokimligi

Hindistonning Pushkar shahrida tuyalar yarmarkasi o‘tkazildi.

Foto: “TASS”

Rossiyalik taniqli estrada xonandasi Zivert o‘zbekistonlik muxlislari uchun Xalqlar do‘stligi san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. Suratda qo‘shiqchi o‘zining navbatdagi taronasini kuylash uchun jamoasi bilan birga sahnaga chiqib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ispaniyaning Palma orolidagi Kumbre Vieha vulqonining atrofi kul qatlami bilan qoplandi.

Foto: EPA

Kyolnda karnavallar mavsumi COVID-19 koronavirus pandemiyasi fonida boshlandi. Suratda: ishtirokchilari maxsus xodimiga emlanganlik tog‘risidagi elektron ma’lumotnomani ko‘rsatmoqda.

Foto: EPA

SpaceX kompaniyasining ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan Crew Dragon-3 kosmik kemasi bortida to‘rtta astronavt bilan Xalqaro kosmik stansiya tomon uchib ketdi.

Foto: Getty Images

Narevka qishlog‘i aholisi Polshaning Mustaqillik kunini nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

“Bunyodkor” stadioni “hovlisi”dagi maxsus joylar daraxt ekishga tayyorlangan. O‘zbekistonda 2-noyabrdan 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingandi.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Xitoy Butunjahon xarid qilish kunini o‘tkazmoqda. 11-noyabr kuni onlayn savdo bozorlarida katta chegirmalar e’lon qilindi.

Foto: EPA

Shahzoda Garri va Megan Markl Nyu-York shahridagi Faxriylar kuni tantanasiga tashrif buyurdi.

Foto: “TASS”

Kyolnda karnaval mavsumining ochilishi nishonlandi.

Foto: “TASS”

Turkiyaning Bolu tumani yaqinidagi Yedigoller milliy bog‘ining dronda olingan surati.

Foto: AFP

Prezident Emmanuel Makron sulh kunining 103-yilligiga bag‘ishlangan tantanalar chog‘ida G‘alaba arkasi ostida faxriylar bilan uchrashdi.

Foto: AP Photo

Kanar orollarida Kumbre Vieha vulqoni otilishi davomida favqulodda vaziyatlar xodimlari dengizga lava tushishini kuzatmoqda.

Foto: EPA

Sitsiliyadagi Agrigento provinsiyasida kuchli yomg‘ir oqibatlari.

Foto: EPA