Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘p hollarda bolaning boshi tungi uyqu paytida terlashi tabiiy jarayon hisoblanadi. Hayotining boshlang‘ich davrida chaqaloqlar kunning istalgan qismida ko‘p terlashi mumkin. Bu holat norma hisoblanadi, chunki ularda tananing termoregulyatsiyasi to‘liq rivojlanmagan.

Foto: “AutoGear.ru”

Foto: “AutoGear.ru”

Chaqaloqlarning boshi ovqatlanish, uxlash, o‘ynash paytida juda ko‘p terlaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ter bezlari 2-3 haftalikdan boshlab faol ishlay boshlaydi, ular, asosan, bosh, oyoq va qo‘l kaftlari sohasida to‘plangan. Hayotining ikkinchi yilidan boshlab ter bezlari faolroq ishlay boshlaydi va o‘rtacha to‘rt yoshida to‘liq rivojlanishga erishadi, shu tufayli go‘daklar tashqi muhit haroratining ko‘tarilishiga, tananing haddan tashqari qizib ketishini kamaytirish uchun ko‘p terlaydi.

Chaqaloqlarning uyqusida boshining terlashi ovqatlanishdan keyin so‘rg‘ich bilan uxlab qolganda ham kuzatiladi. Ko‘krak suti yoki so‘rg‘ich uchun chaqaloqlar katta jismoniy kuch ishlatadi. Shuningdek, sochlar quyuq va qalin bo‘lishi uyqu vaqtida bosh terisining haddan tashqari isib ketishiga va terlashiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, juda issiq kiyimlar, sintetik matolardan foydalanish, xonaning yuqori harorati, havo almashinuvining yetishmasligi terlashning ortishiga olib keladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda ter bezlarining ishlashi asab tizimining holatiga va tananing o‘sishiga bog‘liq. Vazni og‘ir yoki ortiq bo‘lgan bolalarda asab tizimi qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘ladi va ularda uyqu paytida ortiqcha terlash tez-tez kuzatiladi. Yoshi kattalashgan sari termoregulyatsiya jarayoni shakllanadi va terlash o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi.

Bundan tashqari terlash quyidagi kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin:

Raxit

Ovqatlantirish paytida chaqaloqning yuzida yirik ter tomchilari aniq ko‘rinadi, kechasi boshi kuchli terlaydi, ayniqsa, boshining orqa qismi, ertalab uning yostiqchasi nam bo‘ladi. Sochlari boshining orqa qismida ko‘p to‘kiladi, boshi qichishadi, bola injiq bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, oddiy tovushlar va harakatlardan cho‘chiydi.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Ko‘p terlashdan tashqari, ovqatlanish paytida nafas olishi qiyinlashadi, lablar va burun atrofi terisi ozgina ko‘kish rangga kiradi. Bola kuchsiz, nimjon va o‘sishi sustlashadi.

Shamollash

Virusli yoki bakterial infeksiya yuqtirib olinganda ko‘p terlash, tana harorati ko‘tarilishi, burun oqishi va bitishi, yo‘tal, ich ketishi kuzatiladi. Kasallikni o‘tkazib yubormaslik maqsadida bolaning boshi ko‘p terlaganda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda izg‘irin sovuq hafta oxirigacha saqlanib qoladi
Madaniyat
“Shogirdlar Bobomurod Hamdamovning haqqini berishmayapti” — Xalq artisti qo‘shig‘ini ruxsatsiz ijro etgan xonandalar bilan sudlashmoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi