Jizzax viloyatida “Jiguli” 3 yoshli qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, voqea G‘allaorol tumanida 19-oktabr kuni soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan. Jizzax shahri “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi “VAZ-2106” mashinasida Jizzax–G‘allaorol yo‘nalishida ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda 2018-yilda tug‘ilgan qiz tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa sabablari o‘rganilganda qizning ota-onasi qo‘shnisinikida to‘yda bo‘lgani aniqlangan.
Bundan avval Jizzaxda 8—16-oktabr kunlari yuz bergan YTHlar oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani, Toshkent viloyatida 11 yoshli bola yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida halok bo‘lgani hamda Surxondaryoda “ZIL” urib ketishi oqibatida 58 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgandi.