Hafta davomida olingan sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Latviyaning Snepele shahridagi tuyaqush fermasi.

Foto: EPA

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” MFY binosida tashkil etilgan 17-saylov uchastkasi.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Shotlandiyaning Sent-Endryus universiteti birinchi kurs talabalari an’anaviy ko‘pik jangida qatnashadi.

Foto: AFP

Toshkentdagi kuz manzaralari.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Netflix’ning “Kalmar o‘yini”dan ilhomlanib kostyum kiygan ofitsiant Jakartadagi kafeda xaridorlarni jalb qilish uchun o‘yin kartasini ko‘tarib turibdi.

Foto: AFP

Rossiyaning Balashixa shahridagi Qizil ko‘l.

Foto: “Moskva” AA

Braziliyaning tub aholisi bo‘lgan Yavalapiti erkaklari dafn marosimida raqsga tushmoqda.

Foto: Reuters

“Tolibon” a‘zolari shahar chetidagi Puli-Charxi qamoqxonasidagi kamerani ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: AFP

Rim Papasi Fransisk haftalik audens davomida bir guruh rohibalar bilan ko‘rishmoqda.

Foto: EPA

Germaniyaning Gamburg shahridagi Xagenbek hayvonot bog‘ida dam olayotgan arslon.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Iskenderun ko‘rfaziga chaqmoq tushdi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Sent-Albans shahri yaqinidagi Xellouin bayrami oldidan qovoqlar keltirilgan dalada pianino chalishga harakat qilayotgan bolakay.

Foto: Reuters

Rimdagi Olimpiya stadionida “Latsio” va “Inter” o‘rtasidagi futbol o‘yini oldidan burgut uchurildi.

Foto: AP Photo

Isroil bosib olgan G‘arbiy Sohilining Nablus shahridan sharqdagi Bayt-Dajanda o‘z yerlarida Isroil punktlari o‘rnatilishiga qarshi namoyish paytida juma namozini o‘qiyotgan falastinliklar yaqinida milliy bayroqni hilpiratib turgan odam.

Foto: AFP

Los-Anjeles portidan turgan ikki katta yuk kemasi. Shahar gubernatorining qarori bilan endi portlar 24 soatlik ish rejimiga o‘tdi.

Foto: AP Photo

Model Fransiyaning Hyeres shahridagi moda festivalida fin dizayneri Venla Elonsaloning libosini namoyish qilmoqda.

Foto: AFP

Kanar orolidagi Kumbre-Vieha vulqonining otilishini tomosha qilib, vulqon kulidan saqlanish uchun soyabon tutib olgan odamlar.

Foto: Reuters

Tehrondagi masjidda juma namozini o‘qish uchun yig‘ilgan musulmonlari ustidan dezinfeksiyalovchi suyuqlik sepayotgan xodim.

Foto: AFP

Nyu-Yorkdagi Manxetten tumanida quyosh botishi.

Foto: Getty Images

AQSh harbiy dengiz kuchlari va Ispaniya quruqlik qo‘shinlarining Alikantedagi qo‘shma mashg‘ulotlari.

Foto: EPA

Keniyadagi Baringo ko‘li qirg‘og‘ida tojli turna.

Foto: EPA

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Jiuquan kosmodromidan Shenchjou-13 kosmik kemasining uchirilishi.

Foto: Getty Images

Hindistonning Ahmadobod shahrida, chiroqlar bayrami – Divali oldidan sopol lampalar yasayotgan kulol.

Foto: AP Photo

Iroqning Bag‘dod shahridagi istirohat bog‘i.

Foto: AP Photo

Indoneziyaning Krueng Seunong qishlog‘idagi guruch dalasida ishlayotgan dehqonlar.

Foto: AFP