Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu muassasa shaharning diqqatga sazovor maskanlaridan biri. 1958-yil foydalanishga topshirilgan binoning o‘zi bir tarixiy asar. O‘tgan yillar mobaynida bu yerdan ko‘plab iste’dodli san’atkorlar yetishib chiqqan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilda madaniyat saroyi ta’mirlandi. Bino va favvora asl holini saqlagan holda restavratsiya qilindi. Zamonaviy sovitish va isitish tizimi, ovoz kuchaytirish moslamalari o‘rnatildi. To‘garak xonalari zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlandi. Shu tariqa bu yer yana odamlarning, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bugungi kunda “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan to‘garaklarda 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz shug‘ullanmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirdi. Madaniyat saroyida 700 o‘ringa mo‘ljallangan konsert zalida bolalar kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari ularning o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat tilab, ustozlariga minnatdorlik bildirdi. Mutasaddilarga madaniyat saroyi faoliyatini kengaytirish, to‘garaklar va ijodiy jamoalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga safari yakunlandi, davlat rahbari Toshkent shahriga qaytib keldi.