Yevropa mintaqasida JCh—2022 saralashi 7-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar 9-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Angliya safarda Andorra bilan bahs yuritdi va 5:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Inglizlarning gollariga Ben Chiluell, Bukayo Saka, Temmi Abraham va Jeyms Uord-Prouz mualliflik qildi.
Polsha ham yirik g‘alabaga erishdi. Polyaklar o‘z maydonida San-Marino darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi.
Mazkur g‘alabadan keyin Angliya I guruhida 19 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, uchinchi o‘rindagi Polshaning hisobida esa 14 ochko bor.
JCh—2022 saralashi
7-tur bahslari
9-oktabr, shanba
Andorra – Angliya 0:5
Gollar: 0:1 – 17 Chiluell, 0:2 – 40 Saka, 0:3 – 59 Abraham, 0:4 – 79 Uord-Prouz, 0:5 – 86 Grilish.Andorra – Gomes Moreyra, Rubio (Servos, 82), Maks Lyovera, Garsiya (Lima, 31; Garsiya, 63), Martines (Alaes, 64), Rebes, Garsiya Renom, Vyeyra, Vales, Sanches (Rikard, 64), Rubio.
Angliya – Jonston, Koudi, Chiluell, Stounz (Tomori, 60), Trippyer, Foden, Uord-Prouz, Sancho (Grilish, 73), Lingard (Maunt, 73), Saka, Abraham (Uotkins, 80).
Ogohlantirishlar: Martines (42), Stounz (42), Sancho (45), Rebes (55), Koudi (85).