Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘lgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 5-oktabr kuni  Ashxobodga qaytdi. “Xronika Turkmenistana” xabariga ko‘ra, Ashxobod aeroportida davlat rahbari “aeroport hududi va uning atrofini yoritishning alohida xususiyatlari”ga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “poytaxtning asl dizayn elementi — tungi yorug‘lik, bu unga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi”.

Ashxobod xalqaro aeroporti

Ashxobod xalqaro aeroporti
Foto: Central Asia

Berdimuhamedov shaharning har bir burchagi, xususan, turli maqsaddagi obyektlar tegishli yoritish tizimlari bilan jihozlanishi kerakligini ta’kidladi. Ko‘rsatmalar qurilish, sanoat va energetika majmuasi uchun mas’ul bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Charimurod Purchekovga yuborilgan.

“Ham poytaxtda, ham butun mamlakat bo‘ylab bino va inshootlarga, shu jumladan, yo‘l -transport infratuzilmasiga, ularni yoritish elementlarini loyihalashga katta e’tibor berilishi zarur”, — dedi prezident.

Turkmaniston rahbari so‘nggi yillarda Ashxobodning tungi panoramasida “shaharga o‘ziga xos ko‘rk beradigan innovatsion texnologiyalar va raqamli tizimlar” faol ishlatilganini ta’kidlab o‘tdi. Shu munosabat bilan Gurbanguli Berdimuhamedov “Ashxobod dizayniga kompleks yondashish, turli xil yoritish yechimlari orqali o‘ziga xos palitra yaratish” bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Fevral oyida poytaxtni ko‘zdan kechirish chog‘ida prezident shaharning yoritilishidan norozi bo‘lgan. “Yo‘llarning ayrim uchastkalari yoritilmagan, uylarda elektr uzilishi holatlari mavjud”, — degan edi o‘sha paytda davlat rahbari.

Biroq iyun oyida “konditsionerlar va sovutish qurilmalaridan foydalanishning ortishi, natijada, elektr energiyasi iste’molining o‘sishi hisobiga ko‘cha yoritgichlari va reklama ustunlarida elektrni tejashga to‘g‘ri kelgan”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 5-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar yakunlangach, ikki davlat rahbari 23 ta hujjatni imzolagan. 5-oktabr kuni Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga borib, Birinchi Prezident haykali poyiga gul qo‘ygan. O‘sha kuni Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni kuzatib qo‘ydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Qatarlik investorlar “Manchester Yunayted”ni sotib olishga jiddiy kirishgan. Bu ularga 8 mlrd funtdan ko‘proqqa tushishi mumkin
Dunyo
Kim Chen In qizi va rafiqasi bilan armiya komandirlarining qarorgohiga tashrif buyurdi (foto)
Mahalliy
BMT Termizdan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi