Sutipond Somnam — muvaffaqiyatli fotograf va Depositphotos kontent platformasi muallifi. U Tailandda yashaydi va deyarli butun vaqtini sayohatga, portret va landshaft fotosuratlariga bag‘ishlaydi.

Dastlab Sutipond o‘zini videoreportyor sifatida sinab ko‘rdi, lekin keyinchalik fotografiyaga qiziqib qoldi. Endi uning asosiy ishi kamera yordamida mahalliy aholi hayotini, shuningdek, tabiat go‘zalligini ko‘rsatishdir.

Foto: Depositphotos

Sutipond Somnam Tailand shimoli-sharqidagi Sakonnaxon viloyatida yashaydi. Uning sevimli mashg‘uloti — qishloq xo‘jaligi. Dastlab suratga olish uning uchun shunchaki hobbi edi, lekin tez orada u asosiy daromad manbayiga aylandi. Sutipond platformalar va mijozlari uchun rasmlar olish orqali o‘z oilasini moddiy jihatdan ta’minlaydi.

Foto: Depositphotos

Sutipond kollejda o‘qib yurgandayoq suratkashlik tajribasini o‘zlashtira boshladi. U boshqa fotograflar ishlarini kuzatib, o‘ziga kerakli ma’lumotlarni YouTube’dan qidirib bilib oldi. Sutipondning birinchi kamerasi — 18—55 mm linzali Canon EOS 700D edi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Sutipondning aytishicha, u ajoyib joylarga tashrif buyurish va suratga olish imkoniyati bo‘lgani uchun ham sayohat fotosuratlarini yaxshi ko‘radi.

Shu bilan birga, fotografiya yordamida Sutipond Tailand hayoti haqida ma’lumot beradi. Buning uchun u kamerasi bilan o‘zi va qo‘shni hududlarni aylanib chiqadi, suratga oladi va keyin ijtimoiy tarmoqlar va Depositphotos’da fotosuratlari bilan bo‘lishadi. Suratlarini platformalarda sotish unga kelgusi foto-sayohatlari uchun mablag‘ to‘plashiga yordam beradi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Sutipond 2016-yilda birinchi fototurga yo‘l oldi. Bu Myanmadagi qadimiy shahar va YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan go‘zal Baganga bir haftalik sayohat edi.

“Ertalabki Pagan meni hayratda qoldirdi. Men quyosh chiqishini tomosha qildim va o‘nlab sharlar uchib ketayotganini ko‘rdim”, — deydi fotosuratchi.

Foto: Depositphotos

Sutipond Somnam boshqa fotosuratchilar bilan ham sayohat qiladi, ular hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan hududlarni o‘rganishni xohlashadi. Suratkashlar yiliga kamida bir marta yangi joylarga tashrif buyuradi.

“Vyetnam shimolidagi Mu Kan Chaya shahri juda qiziqarli bo‘lib chiqdi. Baland tog‘ yonbag‘ridagi guruch maydonlari ajoyib ko‘rinishda bo‘lib, ob-havo ham suratga olish uchun juda zo‘r edi”, — deydi Sutipond.

Foto: Depositphotos

Sutipondning fikricha, sayohatchilar tashrif buyurmoqchi bo‘lgan joydagi ob-havo va iqlim haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ko‘p kiyim olmaslik lozim, chunki kerak bo‘ladigan hamma narsani mahalliy bozordan xarid qilish mumkin.

Foto: Depositphotos

“Men sayohat qilganimda, o‘zim bilan birga ikki yoki undan ko‘p kamera olaman, linzalari 16—35 mm, 24—70 mm va 70—200 millimetrlik. Bundan tashqari, tripod, kamera batareyasi va poverbank olishni maslahat beraman”.

Foto: Depositphotos

Mu Kang Chayaning bu hududi go‘zal guruch maydonlari bilan ko‘plab sayohatchilar va fotosuratchilarni o‘ziga jalb qiladi. Sutipond va uning do‘sti sayohatlari davomida bu joyning noyob tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Mu Kang Chayaga mototsiklda borish uchun yarim kun kerak bo‘ldi. Do‘stim bilan men 1000 metr balandlikdagi tog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdik. Kuzatuv maydonchasiga kelganimda ko‘rganlarim ajoyib edi. Bunday manzara mashaqqatli tog‘ga chiqqanimiz uchun mukofot bo‘ldi”.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos

Bu surat Tailandning Surin shahrida mahalliy filbonlar bilan xayriya fotosessiyasi paytida olingan.

Sutipondning navbatdagi surati Nong Xay provinsiyasida olingan: “Biz qishloq bolalarining kichik daryoda futbol o‘ynayotganini ko‘rdik. Darvoza yo‘q edi, shuning uchun ularga bambukdan darvoza yasab berdik va quyosh botishidan oldin futbol o‘ynayotgan bolalarni suratga oldik”.

Foto: Depositphotos

Bu rasm Udon Tani provinsiyasida fotograf tomonidan olingan. Unda asosiy narsa — rang.

Foto: Depositphotos

“Men baliqchining orqa tomondan quyosh chiqishi fonida tasvirga oldim. Ushbu kadrda kompozitsiyani yaratgan soyalarga e’tibor bering. Bu oltin daqiqa edi, quyosh ko‘tarilib, nilufar gullari endigina ochila boshlagandi”.

Foto: Depositphotos

Sutipondning maqsadi — Tailand go‘zalligini bu yerda hech qachon bo‘lmagan odamlarga ko‘rsatishdir. U Vat Phrakeu yoki Zumrad budda ibodatxonalarini shu joyning o‘zida ko‘rish kerak, deb hisoblaydi.

Foto: Depositphotos

Sutipond Somnam kamerasi bilan sayyoramizning sirli burchaklarini o‘rganishni orzu qiladi. Bu g‘oyani amalga oshirish uchun u Depositphotos’dagi portfoliosini faol yuritadi, mijozlar va kompaniyalar bilan ishlaydi. Fotosurat portfeli muallifga o‘z ijodkorligini namoyish etish va kelajakdagi sayohatlar uchun hamfikrlarni topish imkonini beradi.

Foto: Depositphotos

Foto: Depositphotos