Dunyo bo‘ylab 20-sentabr kuni olingan sara suratlar to‘plamini taqdim etamiz.

Kobulda Qur’on o‘qishni o‘rganayotgan afg‘onistonlik bolalar.

Foto: Getty Images

Indoneziya hukumati Bali shahrining bir qancha hududlaridagi maymunlar oziqlanishi uchun mablag‘ ajratdi. Pandemiya sabab sayohat cheklovlari primatlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishning asosiy manbasi bo‘lgan kirish to‘lovlarining pasayishiga olib keldi.

Foto: EPA

Nyu-York osmonidagi to‘lin oy.

Foto: Getty Images

Londondagi Chelsi Qirollik shifoxonasida bog‘dorchilik ko‘rgazmasi boshlandi.

Foto: EPA

Hind xudosi Shiva libosida kiyingan bola Ganga daryosi bo‘yida sayyohlardan sadaqa so‘ramoqda.

Foto: AP Photo

Ispaniyaning Palma orolidagi vulqon otilishi oqibatida yonib ketgan uy.

Foto: Reuters

Nevada shtatidagi “Hayot go‘zal” musiqa va san’at festivalida sahnada chiqish qilgan DJ LSDream.

Foto: FilmMagic

Indoneziya hukumati hududlardagi maymunlar ozig‘i uchun mablag‘ ajratgandan so‘ng Balidagi Ubud primatlar o‘rmonida hayvonlarni oziqlantirayotgan ishchi.

Foto: EPA

Venetsiyada “Nuh skripkasi” deb nomlangan qayiqda musiqa chalayotgan kvartet.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Palma orolida vulqon otildi. Vulqonga yaqin hududlarda yashovchi aholi evakuatsiya qilindi.

Foto: Getty Images

Gongkongda kuz o‘rtasida nishonlanadigan festivalga start berildi.

Foto: EPA

Kaliforniyadagi “Sekvoyya” milliy bog‘ida o‘rmon yong‘inlari.

Foto: “TASS”

Elegance flowers stendi Londondagi Chelsi gullar ko‘rgazmasi matbuot kunida namoyish etiladi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Chichester shahrida o‘tkazilgan Settrington Cup Pedal Car Race musobaqasida qatnashayotgan bolalar.

Foto: Reuters

AQShning Independens shahridagi Isoning izdoshlari nomli cherkov yuqorisidan ko‘tarilayotgan to‘lin oy.

Foto: AP Photo

Londonda florist Judit Bleklok 20—26-sentabr kunlari o‘tkaziladigan Belgravia in Bloom festivali uchun “Gulli karusel” installyatsiyasini yakunladi.

Foto: PA

Kobuldagi novvoyxona oldida muhtoj yoshlarga non berayotgan ayol.

Foto: AFP

Sidney rasmiylari piknik cheklovlarini olib tashlaganidan so‘ng ijtimoiy masofani saqlashda yordam beradigan doira ichida dam olayotgan erkak.

Foto: EFE

Hindistonning Kalkutta shahrida musson yomg‘irlari.

Foto: EPA

Sidney xalqaro aeroportida COVID-19 koronavirusini tahlil qiluvchi mobilpost.

Foto: EPA

Pekinda Universal Studios bog‘i ochildi.

Foto: EPA