Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” 18-sentabr, shanba kuni “Bolonya” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Milanda kechgan o‘yinda umumiy hisobda 7 ta gol urildi, shundan 6 tasi mezbonlar hissasiga to‘g‘ri keldi. “Neradzurri” safida Eden Jeko dublga erishgan bo‘lsa, Lautaro Martines, Milan Shkrinyar, Nikolo Barella va Matias Vesino bittadan golga mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Artyur Teate nomiga yozildi.

Mazkur g‘alabadan keyin ochkolari 10 taga yetgan Simone Inzagi boshchiligidagi “Inter” 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bolonya” 7 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

A Seriya

4-tur bahslari

18-sentabr, shanba

“Inter” – “Bolonya” 6:1

Gollar: 1:0 – 6 Martines, 2:0 – 30 Shkrinyar, 3:0 – 34 Barella, 4:0 – 54 Vesino, 5:0 – 63 Jeko, 6:0 – 68 Jeko, 6:1 – 86 Teate.

“Inter” – Handanovich, Dumfris, de Vrey (Ranokkiya, 67), Shkrinyar, Bastoni (Kolarov, 74), Dimarko, Perishich, Brozovich (Galyardini, 74), Vesino, Barella, Korrea (Jeko, 29), Martines (Sanches, 67).

“Bolonya” – Skorupski, de Silvestri (Teate, 74), Medel, Bonifatsi, Hiki (Deyks, 56), Soriano, Svanberg (Vinyato, 56), Dominges (van Hoydonk, 69), Arnautovich, Sansone (Barrou, 56), Olsen.

Ogohlantirishlar: de Silvestri (23), Hiki (36), Deyks (83).

“Jenoa” – “Fiorentina” 1:2

Gollar: 0:1 – 60 Saponara, 0:2 – 89 Bonaventura, 1:2 – 90, penalti Krishito.