Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 2021-yilgi Jahon chempionati Serbiyaning Belgrad shahrida 26-oktyabr — 6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: AIBA

AIBA Jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi uchun 2,6 million dollar ajratgan. Unga ko‘ra sovrindorlar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladi:

  • Oltin medal: 100 ming AQSh dollari
  • Kumush medal: 50 ming AQSh dollari
  • Bronza medal: 25 ming AQSh dollari.

Avvaliga 2021 yilgi Jahon chempionati Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Lekin, shahar Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi va chempionatni Serbiya qabul qiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda esa mazkur musobaqa Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, Bahodir Jalolov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.

2023-yilda bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Jahon chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!