O‘zbekiston—Sharda universiteti har bir talaba uchun jahon talablariga javob beradigan ta’lim berish standartiga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu universitet Yevrosiyo talabalari uchun darvoza bo‘lishi ko‘zda tutilgan O‘zbekistondagi birinchi mustaqil, xususiy universitetdir. O‘zbekiston—Sharda universiteti talabalari Hindistonning haqiqiy global universiteti bo‘lgan Sharda merosini 85 dan ortiq mamlakatdan kelgan 27  foiz talabalar bilan bo‘lishadi. U yillar davomida Osiyodagi yetakchi ta’lim, tadqiqot va innovatsiya markazlaridan biriga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahrida joylashgan O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan birinchi mustaqil, xususiy oliy o‘quv yurti.

Universitetda to‘rtta fakultet mavjud — ular asosiy fanlar fakulteti, muhandislik va texnologiya fakulteti, menejment fakulteti, gumanitar fanlar fakulteti. Universitet tomonidan taqdim etiladigan yo‘nalishlar quyidagicha:

1. Texnologiya bakalavri (informatika va muhandislik);

2. Biznes boshqaruvi bakalavri;

3. Amaliy ingliz tili bo‘yicha bakalavr darajasi.

O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz)da 400 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Universitet talabalarga ingliz tilini bilish darajasi, akademik va shu kabi boshqa yutuqlariga qarab, munosib nomzodlarga 100 foizgacha grant taklif qiladi. Universitetimiz turli mamlakatlarda ish tajribasiga ega, kitoblar, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar yozgan, xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar qilgan, doktorlik ilmiy darajalariga ega malakali o‘qituvchi, professorlardan iborat.

O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) dunyoning 250 dan ortiq universitetlari va muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega. Universitetda “Ish va sayohat ” dasturi mavjud bo‘lib, unda talabalar ushbu dasturdan foydalangan holda, xorijiy davlatlarga tashrif buyurishlari mumkin. Universitet talabalarga nafaqat eng yaxshi ko‘nikmalarni berishga, balki ijobiy o‘quv tajribasini amalga oshirishga ham intiladi.

Universitetda Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi (EDC) tashkil etilmoqda, ushbu markaz 3600 nafar talabalarga tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali biznesni yo‘lga qo‘yish va korxonani boshqarish hamda korxonani rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bu talabalarga motivatsiya, maslahat, murabbiylik va ko‘mak orqali o‘z biznesini ochishga yordam beradi. Universitetni tamomlagandan so‘ng talabalar ish bilan band bo‘lishdan xavotirga tushmaydilar. Aksincha ular ish joylari, daromad va mahalliy hamjamiyatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan korxonalar, startaplar yaratadilar.

O‘zbekiston—Sharda universiteti 2020 va 2021-yillarda Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda fan olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va unda 272 nafar talaba qatnashdi. Talabalar O‘zbekiston—Sharda universitetida tahsil olish uchun 100, 75 va 50 foiz grantlarni qo‘lga kiritdilar.

Sharda universitetiga kirish uchun grant va qabul testi (SUSAT) onlayn va oflayn rejimda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, talabalar xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etishlari shart.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) veb-saytiga tashrif buyuring: https://www.shardauniversity.uz/

Reklama huquqi asosida.