Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aksariyat yulduz onalar farzandlarini dunyoga keltirgach, avvalgi qomatini yo‘qotadi. Lekin ayrimlari o‘z ustida qattiq ishlab, yana go‘zal qomatga ega bo‘ladi. Quyida bir necha farzandini dunyoga keltirgan hamda go‘zal tashqi ko‘rinishini ham yo‘qotmagan mashhur onalar bilan tanishib chiqing.

Beyonse

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Uch farzandning onasi Beyonse homiladorlik paytida juda ko‘p vazn yig‘gan. Ayniqsa, ikkinchi homiladorligida u 30 kilogrammga semirdi. Muxlislari juda go‘zal qomatda ko‘rishga odatlangan bechora Beyonse tanqidlarga uchradi. Ba’zan bu kabi tanqidlarga xonandaning onasi ham javob qaytardi. Homilador ayol duch keladigan qiyinchiliklarni tushuntirdi. Beyonse tug‘ruqdan so‘ng o‘zining go‘zal qomatini qaytarish bilan shug‘ullanadi. U taniqli murabbiy Marko Borxesga murojaat qildi, u har kuni shaxsan mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonandaning kvartirasida yashashga ham ko‘ndi. Beyonsening diyetasi juda oddiy bo‘lib, go‘sht va sut mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashladi va faqat oqsilga boy kokteyllar, ananas va tuxum oqini iste’mol qildi.

Megan Foks

Foto: “Wday.ru”

Foto: “Wday.ru”

Meganning tashqi ko‘rinishiga qarab uch farzandning onasi ekanligiga ishonish qiyin. Aktrisa o‘z sirini oddiy tushuntiradi: u homiladorlik paytida ham, undan keyin ham sut mahsulotlaridan voz kechgan. Shuning uchun u o‘n kilogrammdan biroz ko‘proq vazn olgan, xolos. Garchi ba’zi muxlislar Meganning so‘zlari samimiyligiga shubha qilsa-da, u qomatini sun’iy ravishda tuzatishga hech qanday xarajat qilmaydi.

Kortni Kardashyan

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Opalari singari Kortni ham semirishga moyil, shuning uchun Kardashyan oilasining ayollari umrbod diyetada. Kortnining uchta farzandi bor. Homiladorlikda Kortni kuchini yo‘qotdi va 22 kilogrammga semirdi. Kortni murabbiy Treysi Andersonga murojaat qildi. Treysi har kuni Kortnini bir yarim soat davomida shug‘ullantirdi, lekin u kaloriyalarni hisoblashga majburlamadi. Ammo Kortni hali ham ovqatlanishda cheklovlarga amal qiladi. Masalan, nonushta uchun u banan bilan oqsilli kokteyl ichadi va kechki ovqat uchun bir piyola ko‘k choy ichishi mumkin.

Jessika Simpson

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Xonandaning uch nafar farzandi bor. U uzoq vaqt davomida oza olmadi. Garchi u o‘zini xuddi shundayligicha ham sevishini bir necha bor aytgan bo‘lsa-da, Jessika yangi ko‘rinishda o‘zini noqulay his qilishi aniq edi. Yaxshiyamki, yulduz sport va ovqatlanishga bo‘lgan munosabatida muvozanatni topdi. Uning ratsioni oddiy: har doim tovuq yoki kurka go‘shti va sabzavotlar. Shirinlikdan esa voz kechgan.

Riz Uizerspun

Foto: “Wday.ru”

Foto: “Wday.ru”

Gollivud aktrisasining uchta farzandi bor. Riz ortiqcha vazndan aziyat chekmadi. Homiladorlik vaqtida ham unchalik ko‘p kilogramm yig‘madi. Lekin uning bor vazni ham kichik bo‘yiga og‘irlik qildi. Riz bundan qutulmadi va maxsus dasturlar ixtiro qilmadi, shunchaki, bolalar ovqatini yeyishni boshladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi