O‘zbekistonga 2021-yilning dastlabki sakkiz oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 milliard dollarni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, pul o‘tkazmalari 2020-yilning mos davriga (3,6 milliard dollar) nisbatan 35 foizga, 2019-yilning mos davriga (3,9 milliard dollar) nisbatan esa 26 foizga ko‘p.
Qayd etilishicha, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi ortishi aholining iste’mol va investitsion faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu omillar o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Jahon banki tahlilchilari iqtisodiyotning tiklanishiga mehnat migrantlari pul o‘tkazmalari hajmining ortishi ham ko‘maklashishini qayd etgan.
Ta’kidlash joziki, mamlakatga 2021-yil boshidan buyon yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi har oy ortib bordi.