9-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Venetsiya xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurgan multqahramon kostyumidagi odam.

Foto: Getty Images

Shveysariyadagi Fontenette tumanida Pump Up the Jam strit-art festivalida namoyish etilgan murallar.

Foto: AP Photo

Seulda atrof-muhitga qarab rangini o‘zgartiradigan buqalamun robot taqdim etildi.

Foto: Reuters

Gonkong politsiyasi “4-iyun” muzeyida 1989-yil Tiananmen maydonidagi namoyishlar xotirasiga bag‘ishlangan demokratiya ma’budasini olib ketmoqda.

Foto: Reuters

Vashingtondagi o‘rta maktab o‘quvchisi Dilan Uoker sinfdoshlari va boshqa namoyishchilar bilan birga tibbiy niqob taqib yurish qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning qo‘lidagi plakatda “Iso ham niqob taqqan bo‘lar edi” deb yozilgan.

Foto: AP Photo

Pekindagi restoran tashqarisida dam olayotgan ikki oshpaz.

Foto: Getty Images

Indoneziyaning eng faol vulqoni – Marapidan oqib chiqayotgan lava.

Foto: AFP

Shimoliy Makedoniyada koronavirus kasalxonasidagi yong‘in oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Foto: EPA

Yoxannesburgdagi Brainy Birds to‘tiqushlarni qutqarish va reabilitatsiya qilish markazining xodimi. Notijorat hayvonlarni himoya qilish tashkiloti 300 dan ortiq to‘tiqushlarni davolash, saqlash va umr bo‘yi parvarish qilish uchun xavfsiz muhitni ta‘minlaydi.

Foto: EPA

Britaniya Bonhams kim oshdi savdo uyi 1861–1865 yillarda AQShning ikkinchi xonimi bo‘lgan (vitse-prezident Gannibal Xemlinning rafiqasi) Xemlin xonimning mebel va to‘qimachilik kolleksiyasini sotishga tayyorlanmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Xubey provinsiyasidagi 230 ming talaba uchun Uxan shahrida koronavirus bor yoki yo‘qligini bepul tahlil qilish boshlandi.

Foto: “TASS”

Piano Cube badiiy installyatsiyasi Angliyaning Lids shahrida bo‘lib o‘tgan 20-xalqaro pianinochilar tanlovida taqdim etildi.

Foto: Getty Images

Jon Lennonning “Imagine” (“Tasavvur qil”) qo‘shig‘ining matni Beatles trek va albomini chiqarganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan Londondagi parlament binosida namoyish etildi.

Foto: Reuters

Kyoln hayvonot bog‘idagi kichik shimpanze.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Gannover shahridagi Herrenxauzen qirollik bog‘laridagi dam oluvchilar.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Malaga shahri yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari.

Foto: EPA

Jennifer Lopez va Ben Afflek 78-Venetsiya kinofestivaliga yetib keldi.

Foto: EPA

Katmanduda hindularning Tij festivali COVID-19 koronavirus pandemiyasi davrida nishonlandi.

Foto: Getty Images

7-sentabr kuni 7,1 magnitudali zilziladan keyin Meksikada vayron bo‘lgan bino.

Foto: Getty Images

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 19 ta yangi holat qayd etildi. Shunday qilib, qayd etilgan holatlar soni 95 083 ga yetdi, vafot etganlar soni o‘zgarishsiz qoldi (4636).

Foto: Getty Images

Isroil qamoqxonalaridagi 1000 dan ortiq mahbusni qo‘llab-quvvatlash uchun G‘azo shahrida miting bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images