Dunyo bo‘ylab 7-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Xitoy moda haftaligida Janet Chen ijodini taqdim etayotgan model.

Foto: AP Photo

Italiyalik uchuvchi Diego Kosta Istanbuldagi umumiy uzunligi 1730 metr bo‘lgan ikki avtomobil tunneldan yengil motorli samolyotda o‘tib Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Foto: Red Bull

Leyden shahridagi Milliy tarix muzeyida Kran laqabli birinchi golland neandertalining rekonstruksiyasi namoyish etilmoqda.

Foto: EPA

Prezident Jair Bolsonaru tarafdori Planalto saroyi oldida namoyish o‘tkazmoqda. Bolsonaro va o‘nglar o‘z tarafdorlarini Kongress va oliy sudga qarshi namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi.

Foto: EPA

AQSh prezidenti Jo Bayden Vilmingtondagi ta’tildan so‘ng Oq uyga qaytdi.

Foto: Getty Images

Kobuldagi Pokiston elchixonasi yaqinida Pokistonga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotgan ayollar yaqinida turgan “Tolibon” harbiysi. “Tolibon” yig‘ilgan olomonni tarqatish uchun havoga o‘q uzgani aytilmoqda.

Foto: Getty Images

Germaniya kansleri Angela Merkel 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan milliy saylov oldidan o‘tkazilgan debatdan so‘ng zalni tark etmoqda.

Foto: AP Photo

Quddusda yahudiy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlash arafasida an’anaviy ibodat qilayotgan odamlar.

Foto: EPA

Xitoyning sharqiy Jiangsu provinsiyasidagi Lianyungang portida eksport qilinishini kutayotgan avtomobillar.

Foto: Getty Images

Parijda avangard rassomi Kristoning “G‘alaba arkasi”ni matoga o‘rab qo‘yish loyihasi ustida ish boshlandi.

Foto: EPA

Greenpeace ekologik faollari Myunxen shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro avtosalon ko‘rgazmasiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Foto: AFP

Sidney sohilida kuchli to‘lqinlar uzra syorfing bilan shug‘ullanayotgan sportchilar.

Foto: Getty Images

Valensiyadagi San’at va fan shaharchasidagi Gemisferik planetariy gumbazini tozalayotgan ishchi.

Foto: EPA

Grenlandiyada 2021-yilda keng ko‘lamli muz erishi kuzatilmoqda. Daniya tadqiqotchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, shu yilning iyulida Grenlandiya muzliklarida AQShning butun Florida shtatini besh santimetr suv bilan qoplash uchun yetarlicha muz erigan. Shuningdek, avgust oyida Grenlandiya muzliklarida havo harorati o‘n yil ichida uchinchi marta noldan oshdi.

Foto: Getty Images

Jan-Pol Belmondoning muxlislari aktyorning Parijdagi uyi oldiga gul qo‘yishmoqda. Aktyor 6-sentabr kuni 88 yoshida vafot etdi.

Foto: EPA

Bangkokda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Grenlandiya muzliklari erishi oqibatida g‘arbiy sohilda katta-kichik aysberglar to‘plandi.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkda COVID-19 pandemiyasi tufayli G‘arbiy Hindiston (Karib dengizi havzasidagi orollarning tarixiy nomi) madaniyat festivalining keng ko‘lamli bayrami bekor qilindi.

Foto: Getty Images

Afg‘onistondagi Ibn Sino universitetida talabalar erkak va ayolga ajratib o‘qitilmoqda.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkda 2021-yilgi tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Getty Images