6-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Buyuk Britaniyaning “Vipsneyd” hayvonot bog‘ida yashaydigan Nandi ismli oq karkidon.

Foto: “TASS”

Toshkent viloyatidagi Oqtosh sihatgohi osmonidagi yurakcha shaklidagi bulut.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Samarqand shahridagi 9-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etayotgan o‘quvchilar.

Foto: “Daryo”

Jizzax viloyati M-39 magistral yo‘lida jo‘raqand, amiri qovun navlarini sotish uchun hozirlangan “rasta”.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 88-maktabning o‘quvchilari “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiridan so‘ng osmonga uchirilgan sharlarni tomosha qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nepalda ochilishiga ruxsat berilganidan so‘ng dezinfeksiya qilinayotgan kinoteatrlardan biri.

Foto: “TASS”

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 88-maktabning birinchi sinf o‘quvchisi o‘quv yilining ilk kunida onasini quchib turibdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Venetsiyada bo‘lib o‘tgan eshkakli qayiqlar poygasi – Regata-2021.

Foto: EPA

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Bandiboshi qishlog‘idagi Xorijiy tillarga ixtisoslashgan 41-IDUMning 2-sinf o‘quvchisi onasiga gul bermoqda.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Tokio—2020 Paralimpiadasida ishtirok etib qaytgan sportchilar Toshkentda kutib olindi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Myunxenda 69-Xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi (“Frankfurt avtosaloni”) boshlandi.

Foto: Getty Images

Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Bandiboshi qishlog‘idan maktabga yolg‘iz ketayotgan qizaloq.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

G‘azo sohilida quyosh botishi.

Foto: EPA

Isroildagi Gilboa qamoqxonasida saqlanayotgan mahbuslar hojatxonadan qazilgan tunnel yordamida qochib ketdi. Mahbuslarning besh nafari “Islomiy jihod” terrorchilik tashkilotining faollari, oltinchisi esa FATH terrorchilarining yetakchilaridan biri Zaxariya Zubaydiy bo‘lgan.

Foto: EPA

6-sentabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 88-maktabda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, 2021—2022-yangi o‘quv yilining ilk kunida qo‘shaloq bayram nishonlandi. Uzoq kutilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida yangi maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Suratda maktabning birinchi sinf o‘quvchilari sharlar orasida ko‘rinish bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Janubiy Koreyada 1-oktabrdan 7-noyabrgacha Danghanpo sayyohlik kurorti yaqinida bo‘lib o‘tadigan Gyeongnam-Koson dinozavrlar ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Germaniyada temiryo‘lchilar besh kunlik ish tashlash boshlagani sabab bo‘shab qolgan vokzal. Kasaba uyushmasi koronavirus pandemiyasi sharoitida tarif stavkalarini 3,2 foizga oshirishni va har bir xodim uchun 600 yevrodan bir martalik to‘lovni talab qilmoqda.

Foto: EPA

Milanda 2021-yilgi mebellar ko‘rgazmasi boshlandi.

Foto: “TASS”

2022-yilgi Pekin Qishki Olimpiada o‘yinlarining boshlanishiga qancha vaqt qolganini ko‘rsatib turuvchi tablo.

Foto: EPA

Polshaning janubi-sharqida ertalabki tuman.

Foto: EPA

Londonning Big Benidagi soat millari, 2017-yildan buyon amalga oshirilgan restavratsiyadan so‘ng, asl ko‘k rangiga qaytdi.

Foto: EPA