Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin”dagi partnyori Emre Kiviljimni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Marhum qiziqchi Obid Asomovning qizi Dilorom otasining mukofotlanishi haqida fikr bildirdi.

Xonanda Jasmin imijini o‘zgartirdi.

Foto: Instagram

Abdulla Qurbonov 2-sentabr kuni 45 yoshni qarshi oldi.

Sitora Farmonova ukasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Rashid Xoliqovning rafiqasi va farzandlari unga “Mehnat shuhrati” ordenining surati tushirilgan tort sovg‘a qildi.

Zarina Nizomiddinova yaqinlari bilan unutilmas hordiq onlarini boshdan kechirmoqda.

Foto: Instagram

“Shapaloq” hajviy ko‘rsatuvida “‘Zamministr’ning ikkinchi xotini” mavzusidagi mutoyiba efirga uzatildi.

Oybek va Nigora Istanbulni aylanmoqda.

Foto: Instagram

Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov vafot etgan sana munosabati bilan uning avval e’lon qilinmagan suratlarini sahifasiga joylashtirdi.

Foto: Instagram

“Bugun men uchun o‘ta muhim sana. Bobom vafot etganiga besh yil bo‘ldi. Men esa o‘sha fojiali kunni xuddi kechagidek eslayman hamda avvalgidek bu rostan ham yuz berganiga ishongim kelmaydi. Islom Karimov men uchun suzish, velosipedda uchish, mashina boshqarish, tennis o‘ynash, chang‘i va rolik uchishni o‘rgatgan Bobom edi. Bobom men uchun juda muhim inson edi, u menga hamma narsada yordam beradigan super qahramon edi. Men gohida osmonga qarab, ‘Bobo, sizning o‘rningiz rosa bilinyapti’, deyman. Sizni yaxshi ko‘raman hamda biz birga o‘tkazgan vaqtlarni juda sog‘inaman”, — deb yozadi Maryam Tillayeva.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Shuningdek, Islom Karimovning yana bir nevarasi Imon Karimova ham bobosini iliq so‘zlar bilan yodga oldi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidovaning birga tushgan surati tarqaldi. Internet foydalanuvchilarining taxmin qilishicha, ikki xonanda o‘rtasidagi bir necha yillik sovuq munosabatlar iligan.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova va Botir Qodirov birgalikda xalq xizmatida bo‘ldi.

Rayhon turmush o‘rtog‘i, farzandlari, singlisi, kuyovi hamda jiyanlari bilan bayramni tog‘ yonbag‘rida nishonladi.