30-avgust kuni olingan eng sara suratlarni namoyish qilamiz.

Avstraliyalik cho‘pon Ben Jekson xolasining dafn marosimiga bora olmadi va uning xotirasiga atab qo‘ylarni dalaga yurak ko‘rinishida to‘pladi.

Foto: AP Photo

Venetsiyaning San-Marko maydonida Dolce & Gabbana shousi bo‘lib o‘tdi. Suratda: Brend modeli Deva Kassel.

Foto: “TASS”

Atlantika okeanida vujudga kelgan to‘rtinchi toifali “Ida” dovuli Amerikaning Luiziana shtati sohillariga yetib keldi. Dovul vaqtida odamlarning ko‘chada yurishi ancha qiyinlashdi.

Foto: Getty Images

Hind xudosi Krishna kostyumidagi telefoniga tikilib o‘tirgan bolakayning kiyimidagi oxirgi tugmani qadayotgan ayol

Foto: AFP

Germaniyadagi Ramshteyn harbiy-havo bazasidagi afg‘on qochqinlari.

Foto: “TASS”

Luiziana shtatida yashovchi Dartanian Stovall “Ida” dovuli paytida vayron bo‘lgan uyiga qarab turibdi. Stovallning aytishicha, u dovul vaqti uyning ichida bo‘lgan, shunda mo‘rikon qulab tushgan va uyning qolgan qismi unga ergashgan. Stovall emaklab, xavfsiz joyga chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Reuters

Jakartada COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy rejimga o‘tgan maktablarda qayta ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi Anitkabirda respublika g‘alabasining 99 yilligini nishonlash marosimida qatnashayotgan faxriy qorovullar.

Foto: Getty Images

Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasida 100 metrga yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi T-64 musobaqasida qatnashayotgan britaniyalik Jonni Pikok.

Foto: Reuters

Kobul aeroportiga uchirilgan raketalar oqibati.

Foto: Getty Images

Kapadokiyada 2Xalqaro havo sharlari festivali boshlandi.

Foto: Getty Images

Qrimning Oi-Petri tog‘idagi Sky Trail osma ko‘prigida yurib ketayotgan sayyohlar.

Foto: “TASS”

Xitoyda shamol trubinalarining parraklarini kranda ko‘tarish uchun mahkamlayotgan ishchilar.

Foto: Getty Images

Angliyaning Kotsvolds qishlog‘idagi an’anaviy daryo futboli o‘yini.

Foto: “TASS”

Rossiyalik sportchi Dmitriy Safronov Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 100 metrga yugurish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Ispaniyaning Valensiya shahridagi kuchli yomg‘ir oqibatlari.

Foto: EPA

Ispaniyaning Galisiya muxtor viloyatida an’anaviy Rapa das Bestas de Sabucedo (Hayvonlarning sochini kesish) festivali bo‘lib o‘tdi. Bu yer bir kun davomida otlar sartaroshxonasiga aylanadi.

Foto: Getty Images

Kaliforniyaning Syerra-Nevada tog‘lari bo‘ylab sodir bo‘layotgan “Kaldor” nomli yong‘in. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishga tayyorlamoqda. Umuman olganda, AQShda jami 90 ta o‘rmon yong‘ini ketmoqda, ulardan 14 tasi Kaliforniyada.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Flemsted shahri yaqinidagi The Pop Up fermasida kungaboqarlar orasida suratga tushayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Berlinda namoyishchi koronavirus shaklidagi niqob kiyib, hukumatning pandemiya bilan bog‘liq siyosatiga norozilik bildirmoqda.

Foto: DPA

Tokioda 2022-yilgi bahor—yoz moda haftaligi boshlandi.

Foto: EPA