O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-7) Toshkent vaqti bilan 29-avgust tongida UFC Vegas 35 musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Murodovga AQSh vakili Jerald Mirshert (33-14) raqib bo‘ldi. Jangning dastlabki raundi Murodovning katta ustunligida o‘tdi. Biroq ikkinchi raundda Mirshert o‘zbekistonlik yakkakurashchiga bo‘g‘ish usulini qo‘lladi va Mahmud muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa Murodov UFC’dagi ketma-ket uchta g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Bundan avvalgi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi.