25-avgust kuni O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Virjiniya shtatining Dalles xalqaro aeroportiga yetib kelib, avtobusga o‘tirgan afg‘onistonlik qochqinlar.

Foto: Reuters

Toshkent viloyatining dam olish oromgohlaridan birida o‘pka gimnastikasi bilan shug‘ullanayotgan erkaklar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Yak-13 jangovar samolyotining “Armiya—2021” xalqaro harbiy-texnik forumida namoyish parvozi. Moskva.

Foto: “TASS”

Valensiyada mart oyidan sentabr oyining boshiga qoldirilgan Las Falyas olov festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: EPA

Quddusda Yig‘i devori ravvini (xodimi) o‘z yordamchilari bilan ziyoratgohni yangi xat-tilaklarga joy ajratish uchun dindorlar toshlar orasida qoldirgan yozuvlardan tozalamoqda. To‘plangan yozuvlar eng yaqin qabristonga ko‘miladi.

Foto: EPA

Indoneziya rasmiylari Balidagi koronavirus cheklovlarini 30-avgustgacha uzaytirdi.

Foto: EPA

Avstraliyaning janubi-sharqiy qirg‘og‘ida kuchli shamol kuzatildi.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Bursa shahrida hayvonot bog‘idagi sher bolalari.

Foto: Getty Images

Filippinning Keson shahridagi cherkov COVID-19 reanimatsiya bo‘limiga aylantirildi.

Foto: Getty Images

Kanadaning Toronto shahrida quyosh chiqishi.

Foto: Getty Images

AQShning “Ittifoqchilar uchun boshpana” harbiy operatsiyasi doirasida Kobulda afg‘onlarni evakuatsiya qilish davom etmoqda.

Foto: AP Photo

Braziliya tub aholisi prezident qarorgohi tashqarisida lager qurib, ularni ajdodlar hududidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan yer chegarasini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqdi.

Foto: EPA

Tailanddagi namoyishchilar bosh vazirni COVID-19 inqiroziga dosh berolmayotganlikda ayblab, uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda.

Foto: EPA

Hindistonning Ahmadobod shahrida mamlakat mustaqilligining 75 yilligini nishonlash uchun o‘tkazilgan tadbirda olovli halqa orasidan o‘tayotagan Chegara xavfsizlik kuchlari askari.

Foto: Reuters

Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasida stol tennisi musobaqasida Janubiy Koreyaning Xong Kyu Parkiga qarshi harakat qilayotgan misrlik Ibrohim Husayn.

Foto: Reuters

Hindistonda Covishield vaksinasi bilan emlanayotgan riksha haydovchisi.

Foto: AFP

Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroportida evakuatsiya qilinishini kutayotgan bolalar.

Foto: AP Photo

Londonda Extinction Rebellion eko faollari ikki haftalik norozilik namoyishini davom ettirmoqda.

Foto: Shutterstock

“Real” futbolchisi Karim Benzema Valdebebas sport markazida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Xyustondagi boshlang‘ich maktabida o‘qishning birinchi kunida haroratini tekshirtirayotgan 2-sinf o‘quvchisi Shailen Benbruk.

Foto: Reuters

Moskva osmonidagi to‘lin oy fonidagi tijorat samolyoti.

Foto: EPA

Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarida suzish musobaqasida qatnashayotgan britaniyalik Riz Dann.

Foto: Reuters