17-avgust kuni dunyo bo‘ylab kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni namoyish qilamiz.

Keniyaning Narok okrugidagi milliy qo‘riqxonada yashovchi antilopalar.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoqlarda 17-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning iPhone rusumli telefonda muloqot qilayotgani aks etgan surati tarqaldi. Surat aynan qachon olingani noma’lum. 2019-yil avgust oyida o‘sha vaqtdagi Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Alter Ego dasturiga bergan intervyusida “Prezident mobil telefondan foydalanadimi?” savoliga “Men buni aniq bilmayman, lekin bir-ikki marta mobil telefon orqali gaplashganini ko‘rganman”, deya javob bergan.

Foto: Telegram / “Chto tam u uzbekov?”

Afg‘oniston poytaxti Kobul xalqaro aeroporti devorlaridan oshib tushayotgan odamlar. Mamlakat “Tolibon” qo‘l ostiga o‘tgandan so‘ng minglab odamlar xorijga chiqib ketish harakatiga tushdi.

Foto: Getty Images

“Istiqlol” majmuasining qurilishi. Ushbu majmuada O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida urishayotgan begemotlar.

Foto: Solent News

Kaliforniyada 14-iyulda boshlangan “Diksi” o‘rmon yong‘inlari AQSh tarixidagi eng kattasi bo‘ldi. “Diksi” allaqachon 2 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan, yong‘inning faqat 30 foizi bartaraf etilgan.

Foto: “TASS”

Moskva hayvonot bog‘ining yozgi hovlisida yotgan kapibara.

Foto: “Moskva” shahar axborot agentligi

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida yashovchi dehqon chili qalampirini quritmoqda.

Foto: Getty Images

Mexiko shahrining feministik harakati a’zolari ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi marsh uyishtirdi.

Foto: EPA

Rim hayvonot bog‘idagi hayvonlar muzlatilgan mevalar bilan oziqlantirilmoqda. Shaharda yuqori harorat kuzatilishi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Indoneziyada Mustaqillik kuni nishonlamoqda. Suratda: Surabayadagi tikuv sexida bayroq tikayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Kaliforniyadagi “Diksi” o‘rmon yong‘inlari sababli 15 mingga yaqin uy xavf ostida qolmoqda.

Foto: “TASS”

Iroq janubidagi Najaf shahrida musulmonlarning muqaddas Muharram oyi boshlanishiga bag‘ishlangan tomosha.

Foto: Getty Images

Emirates aviakompaniyasi Dubaydagi dunyoning eng baland binosi Burj Xalifa tepasida reklama suratga oldi.

Foto: “TASS”

Mumbaydagi san’at maktabi o‘quvchilari Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirib, suratlar chizdi.

Foto: AP Photo

Ispaniya markazidagi o‘rmon yong‘inlarining oqibatlari.

Foto: EPA

Bag‘dod shahrida taqvimdagi eng muqaddas kun — Ashuro kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun yig‘ilgan shia musulmonlari.

Foto: Reuters

Avstriyada suv toshqini sabab bo‘lgan ko‘chkiga tiqilib qolgan poyezd.

Foto: Getty Images

AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli C-17 Globemaster III harbiy transport samolyotida Kobul aeroportidan 640 ga yaqin afg‘onistonlik evakuatsiya qilindi.

Foto: Courtesy Photo

Indoneziyalik bolalar mustaqillik kunida yuqori o‘rinlarni egallash uchun palma daraxtiga chiqish musobaqasida qatnashmoqda.

Foto: EPA

Kosovodagi Don Lubine qishlog‘ida kelinni an’anaviy to‘y marosimiga tayyorlash jarayoni.

Foto: EPA

Boliviya milliy politsiya akademiyasi yangi xizmat itlarini qabul qildi.

Foto: AP Photo