Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida bir guruh fuqarolar voyaga yetmagan bolani kaltakladi va janjalni bartaraf etishga kelgan ikki nafar IIB xodimiga ham tan jarohati yetkazdi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 31-iyul kuni soat 22:30 larda “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan chorraha yonida yuz bergan. A.O., Sh.D., B.Sh, N.A. va R.Sh. bezorilik qilish maqsadida bir guruhga birlashib, hech bir sababsiz, atrofida fuqarolar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ochiqdan ochiq hurmatsizlik qilayotganliklarini anglagan holda voyaga yetmagan R.S.ni urib do‘pposlagan.

Voqea joyiga shu yaqin o‘rtada jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Uzun tuman ichki ishlar bo‘limining ikki nafar xodimi yetib kelgan va ular bir necha bor ogohlantirganiga qaramasdan, yigitlar bezorilik xatti-harakatlarini to‘xtatmagan. Jamoat tartibini saqlashga va janjalni bartaraf etishga uringan IIBning xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga bezorilik natijasida qasddan tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi S.M.ning badanida og‘irlik darajasiga ko‘ra sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohatlari ekanligi, shuningdek, ichki ishlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga yetmagan R.S.ning badanida yengil tan jarohatlari ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan A.O., Sh.D,, B.Sh., N.A. va R.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi