Tokio—2020 Olimpiadasi futbol bahslarining chorak final o‘yinlari 31-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Ispaniya Kot-d’Ivuar termasi bilan to‘qnash kelib, qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Uchrashuvda umumiy hisobda 7 ta gol kiritildi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan ispanlar hujumchisi Rafa Mir het-trik muallifiga aylandi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Mezbon Yaponiya 1/4 finalda Yangi Zelandiya bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida omad kun chiqar yurt vakillariga kulib boqdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Braziliya Misrga qarshi bahs yuritib, minimal hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Chorak finalning so‘nggi bellashuvida Janubiy Koreya va Meksika vakillari o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yin meksikaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasi futbol bahslarining yarim finalchilari aniqlandi. Uchrashuvlar 3-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 1/2 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Meksika — Braziliya
  • Yaponiya — Ispaniya.

Tokio—2020, futbol

1/4 final bahslari

31-iyul, shanba

Ispaniya U-23 – Kot-d’Ivuar U-23 5:2

Gollar: 0:1 – 10 Bayi, 1:1 – 30 Olmo, 1:2 – 90 Gradel, 2:2 – 90 Rafa Mir, 3:2 – 98, penalti Oyarsabal, 4:2 – 117 Rafa Mir, 5:2 – 120 Rafa Mir.

Yaponiya U-23 – Yangi Zelandiya U-23 0:0

Penaltilar seriya — 4:2.

Braziliya U-23 – Misr U-23 1:0

Gol: 1:0 – 37 Mateus Kunya.

Janubiy Koreya U-23 – Meksika U-23 3:6

Gollar: 0:1 – 12 Martin, 1:1 – 20 Li Don Gen, 1:2 – 29 Romo, 1:3 – 39, penalti Kordova, 2:3 – 51 Li Don Gen, 2:4 – 54 Martin, 2:5 – 63 Kordova, 2:6 – 84 Agirre, 3:6 – 90 Hvan Iy Chjo.