Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 30-iyul, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / “Lokomotiv”

“Lokomotiv” o‘z uyida “Nasaf”ni qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Azizbek Omonov “temiryo‘lchilar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqada uning o‘zi dublni rasmiylashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Nasaf” (23) esa 3-pog‘onada bormoqda.

Foto: “Daryo” / PFL

Yana bir o‘yin “Mash’al” va “Surxon” jamoalari o‘rtasida kechdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Samuel Chigozi muborakliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Muhammadali Abdurahmonov muvozanatni tikladi. 81-daqiqaga kelib Okvara Godvin “Mash’al”ning g‘alabasini ta’minlagan golga muallif bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Mash’al” 12 ochko bilan 11-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. “Surxon” (8) esa 12-o‘rinda qolmoqda.

Superliga

13-tur bahslari

30-iyul, juma

“Lokomotiv” — “Nasaf” 2:0

Gollar: 1:0 – 13 Omonov, 2:0 – 37 Omonov.

“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 5. Kaxi Maxaradze, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 37. Sherzod Fayziyev, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov, 19. Jasur Jaloliddinov (Javohir Sidiqov, 60), 14. Aziz Omonov, 17. Sanjar Qodirqulov, 77. Diyor Turopov

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 6. Murodbek Rahmatov (7. Doniyor Narzullayev, 58), 8. Dilshod Saitov, 15. Jo‘rabek Mannonov (99. Andriya Kaluderovich, 58), 19. Husayn Norchayev, 20. Suhrob Nurulloyev, 70. Abubakr-Rizo Turdaliyev (18. Bahrom Abdurahimov, 46), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.

Chetlatish: Abdurahimov (89).

“Mash’al” — “Surxon” 2:1

Gollar: 1:0 – 46 Chigozi, 1:1 – 74 Abdurahmonov, 2:1 – 81 Godvin.

“Mash’al”: 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 7.Ifeani Ifeani, 10.Okvara Godvin, 11.Samuel Chigozi, 15.Muhammadali Aliqulov, 17.Jamoliddin Ubaydulloyev, 18.Abbos Shodmonov, 20.Xudoyorxon Sagdullayev (8.Ibe Mishel Okoro, 73), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 27.Muhammadali Yo‘ldoshev (77.Ibrohim No‘monov, 73), 33.Sirojiddin Allayev.

“Surxon”: 1.Azamat Ahmedov, 6.Alisher Salimov, 7.Islomjon Toshpo‘latov (38.Muhammadali Abdurahmonov, 71), 8.Jahongir Ahmadov (55.Sharofiddin Shobirov, 85), 11.Zohir Pirimov (9.Nizom Norov, 62), 14.Jasur Xolto‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Nuriddin Hasanov (17.Sardor Sulaymonov, 71), 20.Husniddin G‘ofurov, 70.Ibrohim Yo‘ldoshev, 77.Asror G‘ofurov.

Ogohlantirishlar: Qo‘ziyev (39), Bubanya (63), Aliqulov (70), Godvin (80).