Toshkent shahri Yunusobod tumani 5-mavzeda joylashgan kafelarning birida yong‘in chiqdi, deb xabar beradi Telegram’dagi TashkentLand kanali.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in yuzaga kelgan kafe yonida “Mustang” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va 17-sonli shifoxona joylashgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, yong‘inni o‘chirishga o‘t o‘chiruvchilar xizmati jalb etilgan.
Avvalroq Yunusoboddagi ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentda elektron reklama ekrani yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.