Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2032-yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga Avstraliyaning Brisben shahri mezbonlik qilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqidagi qaror XOQning navbatdagi sessiyasida e’lon qilingan, deya xabar qilmoqda Inside the Games.

Foto: Getty Images

Shu tariqa Avstraliya uchinchi marta Olimpiadaga mezbonlik qiladi. Bundan avval “yashil qit’a” 1956-yil (Melburn) va 2000-yilda (Sidney) yozgi o‘yinlarni o‘zida qabul qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi yozgi o‘yinlar Parijda (Fransiya), 2028-yildagi Olimpiada esa Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tadi.

23-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 8-avgust kuni musobaqa yakunlanadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 71 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan.