14-iyul kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Kubada davom etayotgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida xorijdagi boshqa kubaliklar ham faol ishtirok etmoqda. Suratda: Kuba inqilobi rahbarlaridan biri Che Gevara suratini ushlab turgan Braziliyada yashovchi kubalik ayol.

Foto: EPA

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga qovunni otib uzatayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li. Turkiya vaziri O‘zbekistonga tashrifini Farg‘onadan boshladi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Parijda Bastiliya egallanishi kuni nishonlandi. Milliy bayram sifatida qayd etilgan kunda harbiy parad bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda bu kun koronavirus pandemiyasi sabab nishonlanmagan edi.

Foto: EPA

Tungi Toshkent. O‘tgan haftada kuzatilgan jaziramadan so‘ng bu hafta nisbatan mo‘tadil ob-havo bilan boshlandi. Toshkent shahri va viloyatida 15-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Rimdagi Mikelanjeloning Villa Farnezina va Farneze o‘rtasida ko‘prik qurish loyihasini yodga soladigan installyatsiya. Loyiha hech qachon amalga oshirilmagan.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Beldorsoy dam olish maskani yaqinidan ko‘rinib turgan manzara.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Kalkuttada mobil ilova orqali taksilarga buyurtma berishga bo‘lgan talabning ortishi sababli Hindistonda “yo‘llarning qirollari” deb nomlangan sariq rangli avtoulovlar shahar ko‘chalarida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Foto: EPA

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida FVV, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari va ko‘ngillilar 13-iyul kuni sel oqizib ketgan 7 yashar Muhammadyusuf Rustamovni qidirmoqda. Kosonsoy tumaniga sel yopirilishi oqibatida jami 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning 7 nafari ayollar, bir nafari o‘g‘il bola bo‘lib, eng kattasi 48, eng kichigi esa 6 yoshda bo‘lgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Germaniyaning Xagen shahrida bir nechta avtomobil suv toshqini oqibatida yo‘lga tiqilib qoldi. Oqibatda shahar o‘t o‘chiruvchilari haydovchilarni qutqarishga majbur bo‘ldi.

Foto: EPA

Tog‘lar fonidagi Amirsoy dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘l. Bo‘stonliq tumani.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Yevropada kuzatilayotgan jazirama oqibatida Ispaniyaning Barselona provinsiyasidagi o‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lmoqda.

Foto: Getty Images

Bastiliya egallangan kun munosabati bilan Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan harbiy parad davomida otdan yiqilib tushgan harbiylar.

Foto: EPA

“Zolushka” deb nomlangan oynali poyafzallar Isroilning Xolon shahridagi Dizayn muzeyida namoyish etildi.

Foto: EPA

Gaiti prezidenti o‘ldirilgandan keyin Port-o-Prensda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat AQShdan harbiy yordam so‘ragan.

Foto: AP Photo

Londonda joylashgan Westminster Abbey’da vaksina olish uchun navbatda turgan odamlar.

Foto: Getty Images

Britaniyaning Baz shahrida Frankenshteyn personajiga bag‘ishlangan interaktiv muzey ochildi.

Foto: Getty Images

Rim Papasi Fransisk iyul oyi boshida operatsiya qilinganidan so‘ng Rimdagi Gemelli kasalxonasini tark etmoqda.

Foto: “TASS”

Fransiyada Tour de France velopoyagalarining o‘n yettinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “TASS”

Kashmirning Hindiston nazorati ostidagi qismida joylashgan Pulvama shahrida isyonchilarning boshpanasi deb gumon qilinib, buzib tashlangan uy yonida yig‘layotgan uy bekasi.

Foto: AP Photo

Britaniyaning Dansteybl shahri hayvonot bog‘idagi keksa turdoshlari orasida o‘tirgan, yangi tuxumdan chiqqan flamingo. Ushbu flamingoning tengdoshlari omon qolishi uchun bir oy mobaynida inkubatorda saqlandi.

Foto: PA

Manchester shahrida Italiyaga qarshi Yevro—2020 final uchrashuvida penaltilar seriyasida gol ura olmagan Angliya terma jamoasi futbolchilari — Markus Reshford, Jeydon Sancho va Bukayo Sakaga tasalli berish uchun o‘rnatilgan banner.

Foto: PA

Parijda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchilar. Fransiyada Buyuk fransuz inqilobi boshlanishiga turtki bo‘lgan voqea — Bastiliya egallangan kun sharafiga bayram uyushtirildi.

Foto: AP Photo