7-iyul, chorshanba kuni “Uembli” stadionida Yevro—2020 musobaqasining ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Yevro—2020
Yarim final bahsi
7-iyul, chorshanba
Angliya — Daniya 00:00
“Uembli”. Angliya, LondonAngliya
Angliya uzoq kutilgan sovringa, Sautgeyt esa yangi shartnomaga yaqin kelyapti
Angliya terma jamoasi musobaqada hozircha birorta gol o‘tkazib yubormadi. Quruq seriya 7 ta o‘yinga yetdi. Lekin bu natija inglizlardan boshqani xursand qilmasa kerak. Angliya Yevro—2020 yarim final o‘yinlarida favorit hisoblanmoqda. Musobaqa avvalida Fransiya va Belgiyadan keyin Angliya asosiy favorit sifatida ko‘rilgandi. Oldindagi ikki jamoa allaqachon o‘z yurishini to‘xtatdi. Inglizlar esa sovringa juda yaqin keldi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytga yangi shartnoma taklif qilish borasida o‘ylayapti. Uning jamoasi juda chiroyli o‘yin ko‘rsatmasa ham ishonchli harakat qilmoqda. Daniyaliklar chexlar bilan qiyin o‘yinni o‘tkazgan bo‘lsa, inglizlar Ukraina bilan o‘yinda gollar shousini uyushtirdi.
Keyn + Sterling — Angliyaning 8 ta golidan 6 tasi “qotil juftlik”ka tegishli
Ukrainaga qarshi o‘yingacha Angliyaning samaradorligi ko‘zga ko‘rinmadi. Harri Keyn va Rahim Sterling hisobida uchtadan gol mavjud va ular Ronalduga yetib olishi mumkin. Ikkala futbolchi ham o‘yindan o‘yinga kuchayib boryapti. Ayniqsa Rahim Sterling muxlislarni ko‘proq xursand qilmoqda. Yevro—2020 faoliyatidagi eng omadli musobaqalardan biri bo‘lib qolishi mumkin.
Daniya
Daniya katta o‘yinlarda tajriba to‘pladimi?
Yevrodagi muvaffaqiyatli yurishiga qaramasdan Daniya favoritlar qatoriga kirmaydi. O‘tgan asrda Yevroning oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritganda ham favoritlar sirasiga kiritilmagan. Musobaqa davomida daniyaliklar bitta top darajadagi jamoa bilan to‘qnash keldi: guruh bosqichida belgiyaliklar bilan o‘ynadi.
Daniyaning yuqori darajadagi jamoalarga qarshi muvaffaqiyati Millatlar Ligasida yuz bergandi. O‘shanda ham raqib Angliya edi. Bitta durang va bitta g‘alaba Daniyani inglizlardan yuqorida turishini ta’minlagandi. To‘g‘ri, undan keyin Angliya ancha kuchaydi.
Yevro—1992 dan buyon Daniya yuqori natijalar qayd etmadi.
XXI asrda Daniya yirik musobaqalarda maqtanishga arziydigan natija ko‘rsatmadi. Eng yaxshi ko‘rsatkichi Yevro—2004 chorak finali edi. Daniya bunga qadar Yevroning yarim finalida ikki marta ishtirok etgan: 1984-yil ispanlarga mag‘lub bo‘lgan, 1992-yilda finalga chiqib, g‘olib bo‘lgan. Daniya dunyo grandlari qatorida bo‘lmasa ham o‘z tarixida sharafli sahifalar yoza olgan jamoa.
Taxminiy tarkiblar:
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Maguayr, Shou, Fillips, Rays, Saka, Maunt, Sterling, Keyn.
Daniya: Shmeyxel, Kristensen, Kyer, Vestergor, Larsen, Hyoybyerg, Dileyni, Mele, Breytueyt, Damsgor, Dolberg.
Murabbiylar fikrlari:
Daniya juda yaxshi jamoa. O‘tgan yili kuz oyida ikki marta ular bilan to‘qnash keldik. Daniyaliklarni mag‘lub etish qiyinligini bilamiz. Hozirgi Daniya avvalgisidan ham kuchli.Eriksenni yo‘qotish jamoa uchun zarba bo‘ldi. Lekin ular uddaladi. Jamoa muxlislar bilan yaxshi aloqada va bu ularga yordam berishi mumkin.
Garet Sautgeyt, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi
Faolroq va qiziqarli futbol ko‘rsatmoqchimiz. Inglizlar ham xuddi shunday qiladi. Angliyaning ojiz nuqtasi yo‘q. Kichik detallar masalani hal qilishi mumkin. 7 o‘yindan buyon ular birorta gol o‘tkazmadi. Ularni mag‘lub etishga urinib ko‘ramizJamoalarning so‘nggi beshta o‘yindagi statistikasi:Kasper Hyulmand, Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi