Internetda hali taqdim etilmagan iPhone 13 Pro’ning g‘ilofi kiygizilgan 12 Pro smartfonining surati paydo bo‘ldi. Kadrlar orqali ikki smartfonning o‘zaro farqini va kameralar o‘lchamidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Taxminlarga ko‘ra, iPhone 13 Pro modeli 12 Pro bilan taqqoslaganda yaxshiroq kameralar tavsifiga ega bo‘ladi. Masalan, iPhone 13 lineykasidagi barcha modellarda matritsaning siljishi hisobiga ishlaydigan optik barqarorlashtiruvchi kamera moduli paydo bo‘lishi kutilyapti. Smartfon qo‘lda qimirlaganda kamera sensori biroz qarama-qarshi tomonga siljib, tebranishni kompensatsiyalaydi. 2020-yilda taqdim etilgan lineykada bu kabi funksiya faqat eng qimmat model — iPhone 12 Por Max’da bor edi.
Arzonroq modellardagi o‘zgarishlarga kelinadigan bo‘lsa, iPhone 13’da obyektivlar bir-birining ustida emas, balki diagonali bo‘yicha joylashadi. Yorug‘lik diodli chaqnoq esa yuqoriga siljiydi. Bu u qadar katta bo‘lmasa-da, dizayndagi sezilarli o‘zgarish hisoblanadi.
Avvalroq internetda iPhone 14 lineykasiga oid ma’lumotlar paydo bo‘lgani va smartfon 900 dollardan arzonroq narxda sotuvga chiqishi to‘g‘risida xabar berilgandi.