Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevro—2020 1/8 finalida Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari 28-iyun, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: “Daryo” / UEFA

Foto: “Daryo” / UEFA

Uchrashuvning 20-daqiqasida ispanlar o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi: Pedrining uzatmasidan keyin darvozabon Unasi Simon to‘pni to‘xtatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. 38-daqiqa Pablo Sarabiya muvozanatni tikladi.

57-daqiqada Sesar Aspilikueta ispanlarni oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Ferran Torres “qizil furiya”ning uchinchi golini urdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Xorvatiya vaziyatni o‘ngladi: 85-daqiqada Mislav Orshich hisobni qisqartirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Mario Pashalich hisobni tenglashtirdi.

Biroq qo‘shimcha bo‘limlarda Luis Enrike shogirdlari xorvatlarga imkon qoldirmadi. 100-daqiqada Alvaro Morata o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Mikel Oyarsabal yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:5.

Ushbu g‘alabadan keyin Ispaniya chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Fransiya — Shveysariya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Yevro—2020

1/8 final bahsi

28-iyun, dushanba

Xorvatiya — Ispaniya 3:5

Gollar: 1:0 – 20, avtogol Pedri, 1:1 – 38 Sarabiya, 1:2 – 57 Aspilikueta, 1:3 – 76 Ferran Torres , 2:3 – 85 Orshich, 3:3 – 90+3 Pashalich, 3:4 – 100 Morata, 3:5 – 103 Oyarsabal.

Xorvatiya: Livakovich, Chaleta-Sar, Gvardiol, Yuranovich (Brekalo, 74), Vida, Kovachich (Budimir, 79), Modrich, Vlashich (Pashalich, 79), Brozovich, Rebich (Orshich, 67), Petkovich (Kramarich, 46).

Ispaniya: Unai Simon, Gayya (Alba, 78), Aspilikueta, Lyaport, Erik Garsiya (Pau Torres, 72), Sarabiya (Olmo, 72), Koke (Fabian Ruis, 78), Pedri, Buskets (Rodri, 102), Ferran Torres (Oyarsabal, 88), Morata.

Ogohlantirishlar: Brozovich (73), Chaleta-Sar (83).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)