Markaziy bank 21-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,43 so‘mga pastlab, 10 567,60 so‘mni tashkil qildi. Yevro 51,98 so‘mga pastlab, 12 593,41 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,43 so‘mga pastlab, 10 581,03 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng qatorasiga uchinchi kun pastladi.

Mamlakatdagi tijorat banklarida esa 16-iyun kuni dollar kursi 10 670 so‘mga qadar oshgandi.