Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Berlinning Fridrixsxayn tumanidagi “Rigaer 94” skvotida (noqonuniy ravishda yashash uchun foydalaniladigan bo‘sh bino) so‘l qanot radikallar bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvda 60 ga yaqin politsiyachi jarohat oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ko‘p yillar davomida noqonuniy ravishda yashab kelinayotgan bino bir necha oy oldin politsiyaning keng ko‘lamli operatsiyasi bilan tozalangan edi. Endilikda politsiya 17-iyun kuni ertalab o‘tkazilayotgan yong‘in tekshiruvi paytida xavfsizlikni ta’minlashga harakat qilayotgan edi.

“Rigaer 94”da yashovchilar yong‘in xavfsizligi tekshiruvidan so‘ng ularni Berlindagi so‘nggi boshpanalaridan chiqarib yuborishlaridan qo‘rqqan.

Skvot himoyachilari bo‘lgan radikallar bino atrofida ko‘tarilgan to‘siq va sim to‘rlarni, ko‘chadagi velosipedlarni yoqib yuborgan. Shundan so‘ng skvotda petardaga o‘xshash bir nechta ovozlar yangragan. Bino tomida turgan 300 ga yaqin niqobli odam politsiyaga tosh va butilkalarni uloqtira boshlagan.

“Bizning tezkor hujumchi guruhimiz avval orqaga chekindi va ularga qo‘shimcha kuch kerak bo‘ldi… Ayni paytda 60 ga yaqin hamkasbimiz jarohat oldi”, — deyiladi politsiya xabarida.

Tartibsizlikni to‘xtatish uchun politsiya suv purkagichlar va zirhli mashinalarni olib kelgan. Keyinchalik politsiya tomdagi toshlarni olib tashlash uchun binoga kirgan. Hujum qilganlardan biri qo‘lga olingan.

Skvot atrofida 17-iyun oqshomiga qadar harakatlanish cheklab qo‘yildi.

Rnd.de portali aniqlik kiritishicha, politsiya yordamchi kuchlari yetib kelganidan so‘ng so‘l qanot radikallari noroziligining “ramziy aksiyasi” tezda tugagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi