16-iyun kuni olingan sara suratlarning jamlanmasini namoyish etamiz.

Polshaning Pshina shahridagi soyabonlardan tashkil topgan installyatsiya.

Foto: EPA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari Toshkent viloyati misolida ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nyu-Yorkda shahar aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi emlangani munosabati bilan mushak otildi.

Foto: Getty Images

Germaniyadagi sog‘liqni saqlash vazirlari konferensiyasi vaqtida bir nechta shaharlarda namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Kasalxonalar, qariyalar uylari va boshqa sog‘liqni saqlash muassasalari ishchilari Tyuringiya parlamenti oldida norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi birinchi ikki tomonlama muzokaralar Jenevada bo‘lib o‘tdi. Tor doiradagi muzokaralarda prezidentlardan tashqari AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etdi.

Foto: “TASS”

Yaponiyada koronavirus pandemiyasi tugashini so‘rab ibodat qilish uchun 57 metrli buddistlar ma’budasi haykaliga niqob ilayotgan ishchilar.

Foto: Reuters

Perudagi prezident saylovida g‘olib bo‘lgan Pedro Kastilyoning tarafdorlari buni nishonlamoqda.

Foto: EPA

Kaliforniyada koronavirus cheklovlari yumshatilganidan so‘ng skeytbord bilan shug‘ullanayotgan odamlar.

Foto: EPA

AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvidan oldin namoyish o‘tkazgan odamdan olib qo‘yilgan Vladimir Putinning niqobini ushlab turgan politsiya xodimi.

Foto: Getty Images

Hukumat Kalkuttada joriy qilingan koronavirus cheklovlarini yumshatganidan so‘ng barlarini ochishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ishchilar.

Foto: Shutterstock

Turkiyadagi Kachkar tog‘lari milliy bog‘ida arg‘imchoq uchayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Lahordagi ibodatxonada sikxlar avliyosi Guru Arjan Devning vafot etgan kunini nishonlash marosimida ishtirok etayotgan bolakay.

Foto: AP Photo

Meksika armiyasi uchun kuniga 3000 dan ortiq forma ishlab chiqaradigan fabrika ishchilari.

Foto: Shutterstock

Parij ko‘chalarining birida soyabon ushlab turgan ayol. Shu kunlarda shaharda issiq ob-havo kuzatilmoqda.

Foto: EPA

Bryusselda 16-iyundan 5-sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan dinozavrlar haqidagi Dinos Alive ko‘rgazmasi ish boshladi.

Foto: EPA

Germaniyaning Gannover shahrida quyosh chiqishi.

Foto: “TASS”

Italiyadagi Mille Miglia eski rusumli avtomobillarining poygasi.

Foto: EPA

Avstraliyaning Viktoriya shtatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha beshta yangi holat aniqlandi. Mamlakat koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan davlatlar qatoridan joy olgan.

Foto: EPA

Perudagi prezidentlik saylovlarida so‘lchi nomzod Pedro Kastilyo g‘olib bo‘ldi. Uning tarafdorlari ko‘chalarda buni nishonlamoqda.

Foto: EPA

Afinada mamlakatning mehnat qonunchiligidagi xodimlarning huquqlarini buzishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images

Quddusning Eski shahar hududida Isroilning ultramillatchilari marsh o‘tkazayotgan vaqtda Isroil kuchlariga alanga uloqtirayotgan falastinlik.

Foto: AFP

Angliyaning Yorkshir yovvoyi tabiat qo‘riqxonasidagi dengiz qushlari galasi.

Foto: PA